Ukraina milliy fanlar akademiyasi
![]() | |
Ishga tushgan sanasi | 27-noyabr, 1918-yil (rasmiy sana va birinchi Bosh Assambleya)[1]----14-noyabr, 1918-yil (signing of the law by the Hetman of Ukraine)[1] |
---|---|
Joylashuvi | Kiyev, Ukraina |
Rahbar | Anatoliy Zahorodniy[2] |
Vebsayti | nas.gov.ua/en/Pages/default.aspx |
Ukraina milliy fanlar akademiyasi (NASU; ukraincha: Національна академія наук України, uk, abbr. NAN Ukraine) – bu Ukrainadagi oʻzini oʻzi boshqaruvchi, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan tashkilot boʻlib, mamlakatda ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy markazi hisoblanadi. U ilmiy tadqiqot institutlari tizimini muvofiqlashtirish orqali bu vazifani bajaradi. Ukraina milliy fanlar akademiyasi ilmiy izlanishlarga yoʻnaltirilgan asosiy tashkilot boʻlib, turli fan sohalariga ixtisoslashgan yana beshta akademiya bilan bir qatorda faoliyat yuritadi. NAS Ukraina koʻplab boʻlimlar, seksiyalar, tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar va boshqa yordamchi ilmiy tashkilotlardan iborat.
Akademiya har yili Ukraina Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. Akademiyaning prezidiumi Volodimir koʻchasi, 54-uy manzilida joylashgan boʻlib, u 1917–1918-yillardagi mustaqillik davrida Markaziy Rada joylashgan Pedagogika muzeyi binosi qarshisida joylashgan.
1919–1991-yillarda u Sovet Ittifoqi fanlar akademiyasining respublika boʻlimi sifatida faoliyat yuritgan[3].
Nomlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻz tarixi davomida Ukraina fanlar milliy akademiyasi quyidagi 5 nom bilan atalgan:
Akademiya nomi | Mahalliy til (ukraincha) | Yillar |
---|---|---|
Ukraina fanlar akademiyasi | Ukraїnska akademіya nauk | 1918—1921 |
Butun Ukraina fanlar akademiyasi | Vseukraїnska akademіya nauk | 1921—1936 |
Ukraina SSR fanlar akademiyasi | Akademіya nauk Ukraїnskoї RSR | 1936—1991 |
Ukraina fanlar akademiyasi | Akademіya nauk Ukraїni | 1991—1993 |
Ukraina milliy fanlar akademiyasi | Natsіonalna akademіya nauk Ukraїni | 1994-yildan hozirgacha |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akademiyaning tashkil topishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ukraina fanlar akademiyasining avvalgi tashkilotlari Kiyevdagi Ukraina ilmiy jamiyati boʻlib, u turli sabablarga koʻra milliy akademiyaga aylanmagan, hamda Lembergda (hozirgi Lvov) joylashgan Shevchenko nomidagi ilmiy jamiyat hisoblanadi[4].

Ukraina akademiyasini tashkil etish tashabbusi 1917-yil aprel oyida Ukraina ilmiy jamiyatidan chiqqan boʻlib, bu Ukraina–Sovet urushi boshlanishidan sakkiz oy oldin boʻlgan. Tashkilot birinchi Ukraina davlati davrida vujudga kelgan, shu vaqtning oʻzida Mikola Vasilenko (oʻsha vaqtda taʼlim va sanʼat vaziri boʻlgan), maxsus komissiya tashkil etishni taklif qilgan[4]. Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Volodimir Vernadskiy boshchiligida komissiya Kiyevda Ukraina fanlar akademiyasini, Milliy kutubxona, Milliy muzey va boshqa shu singari ilmiy tashkilotlarni tashkil etish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlagan[4]. 1918-yil iyun oyining oxirida Akademiyaning tashkil etilishi Ukraina ilmiy jamiyatining favqulodda umumiy yigʻilishida muhokama qilingan[5]. 17-sentabrga kelib, Akademiya tashkil etilishi uchun qonun loyihasi va nizomi tayyorlangan edi[4]. 1918-yil 14-noyabrda Ukraina fanlar akademiyasi qonuniy ravishda tashkil etilgan[6][4]. Shuningdek, Ukraina fanlar akademiyasining nizomi, xodimlari va uning institutlari hamda Milliy taʼlim vazirligi UASning birinchi 12 nafar kishidan iborat toʻliq aʼzosini (akademiklarini) tayinlash tartibi tasdiqlangan[4].
Uning dastlabki nizomiga koʻra, Akademiya tarix va filologiya (1-boʻlim), fizika va matematika (2-boʻlim), shuningdek, ijtimoiy fanlar (3-boʻlim) boʻyicha uchta ilmiy boʻlimdan iborat boʻlgan. Uning tarkibiy boʻlinmalari doimiy komissiyalar va institutlar boʻlgan. 15 ta institut, 14 ta doimiy komissiya, 6 ta muzey, 2 ta idora, 2 ta laboratoriya, botanika va aklimatizatsiya bogʻlari, astronomik observatoriya, biologiya stansiyasi, nashriyot va milliy kutubxona tashkil etilishi rejalashtirilgan edi. Akademiyaning barcha nashrlari ukrain tilida chop etilishi kerak edi. Uning nizomi, akademiyaning butun Ukrainadagi holat asosida yozilgan: aʼzolar faqat Ukraina davlati fuqarolari boʻlishi shart emas, balki G‘arbiy Ukraina (oʻsha davrda Avstriya-Makariya fuqarolari) olimlari ham boʻlishi mumkin edi. Chet elliklar ham akademik boʻlishlari mumkin edi, ammo faollarning 2/3 qismining qaroriga binoan qoʻshilishlari mumkin boʻlgan.

Yangi tashkil etilgan akademiyaning prezidiumi va uning birinchi akademiklari (har boʻlimdan uch nafardan) Ukraina hukumati tomonidan tayinlangan, kelajakdagi aʼzolar esa akademiklar tomonidan saylanishi kerak edi (faol aʼzolar sifatida)[7]. Birinchi akademiklar orasida tarixchilar Dmitro Bahaliy va Orest Levitskiy, iqtisodchilar Mixaylo Tuhan-Baranovskiy va Volodimir Kosinskiy, sharqshunoslar Ahathanhel Krimskiy va Nikolay Petrov, tilshunos Stepan Smal-Stotskiy, geologlar Volodimir Vernadskiy va Pavlo Tutkovskiy, biolog Mikola Kashchenko, mexanik Stepan Timoshenko, huquqshunos Fedir Taranovskiy bor edi. Akademiya Prezidentligi lavozimiga Ukraina Hetmanati (davlat rahbari) Pavlo Skoropadskiy Mixaylo Hrushevskiyni taklif qilgan[lower-alpha 1]. U oʻsha vaqtda Ukraina ilmiy jamiyatining prezidenti boʻlib, Birinchi jahon urushidan oldin Shevchenko ilmiy jamiyatining prezidenti boʻlgan, ammo Hrushevskiy bu taklifni rad etgan[9], ammo u keyinchalik (1923-yildan keyin) Kiyevda Ukraina fanlar akademiyasi rivojida muhim rol oʻynagan.
Akademiyaning rasmiy faoliyati 1918-yil noyabr oxirida boshlanib, umumiy yigʻilishlar va uning boʻlimlarining alohida yigʻilishlari oʻtkazilgan. Birinchi umumiy yigʻilish (asosiy) 1918-yil 27-noyabrda oʻtkazilib, akademik Volodimir Vernadskiy akademiyaning Prezidenti etib saylangan, doimiy kotib esa Ahathanhel Krimskiy boʻlgan. Shu kuni, 2-boʻlim va 3-boʻlim yigʻilishlarida mos ravishda Mikola Kashchenko va Mixaylo Tuhan-Baranovskiy rais etib saylanadilar, 1918-yil 8-dekabrda esa 1-boʻlim raisi sifatida Dmitro Bahaliy saylangan. Barcha tayinlovlar Hetman Skoropadskiy tomonidan tasdiqlangan.

UASning birinchi institutlari 1918-yil dekabrida tashkil etilgan, shu jumladan:
- Ukraina yerining tarixiy va geografik lugʻatini tuzish komissiyasi (direktori Dmitro Bahaliy)
- ukrain tili tarixiy lugʻatini tuzish komissiyasi (direktori Yevhen Timchenko)
- ukrain tili (amalda foydalanilayotgan) lugʻatini tuzish komissiyasi (direktori Ahathanhel Krimskiy)
- zamonaviy Ukraina yozuvi yodgorliklarini nashr etish komissiyasi (direktori Serhiy Yefremov)
- til, yozuv va tarixiy yodgorliklarini nashr etish (arkeografik komissiya) komissiyasi (direktori Vasil Danilevich)
- aklimatizatsiya bogʻi (direktori Mixaylo Kashchenko)
- texnik mexanika instituti (direktori Stepan Timoshenko)
- geodeziya instituti, iqtisodiy konyunktura va Ukraina milliy iqtisodiyoti instituti (direktori Mixaylo Tuhan-Baranovskiy)
Keyingi oydan quyidagi komissiyalar qoʻshilgan:
- demografiya instituti
- umumiy huquqni tadqiq qilish komissiyasi (direktori Orest Levitskiy)
- ijtimoiy masalalarni tadqiq qilish komissiyasi (direktori Mixaylo Tuhan-Baranovskiy)
- milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish komissiyasi (direktori Volodimir Kosinskiy)
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bogoliubov mukofoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bogoliubov mukofoti – bu nazariy fizika va amaliy matematika sohalarida ulkan ilmiy hissa qoʻshgan olimlarga beriladigan mukofotdir. Ushbu mukofot, nazariy fizik va matematik olim Nikolay Bogoliubov nomiga atalgan va 1992-yilda tashkil etilgan.
Mukofot sohiblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2004-yil – Anton Naumovets
- 2002-yil – Leonid A. Pastur, maydon nazariyasi va tartibsiz tizimlar nazariyasiga oid ishlar sikli uchun
- 2002-yil – Sergiy Peletminskiy, maydon nazariyasi va tartibsiz tizimlar nazariyasiga oid ishlar uchun
- 1998-yil – A. V. Pogorelov, fizik va matematika muammolarini hal qilish uchun ilgʻor matematik usullarni yaratish va qoʻllab-quvvatlash
- 1997-yil – Vasiliy S. Vladimirov
- 1996-yil – Vladimir A. Marchenko, matematik fizika boʻyicha funksional-algebraik usullar
- 1993-yil – Oleksandr Sharkovskiy, kvant tizimlarini tarqatish nazariyasi va bir oʻlchovli dinamik tizimlar boʻyicha ishlar
- 1992-yil – Yuriy Mitropolskiy, oʻrtacha usul va uning matematik va nazariy fizika boʻyicha qoʻllanmalari
Vernadskiy oltin medali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vernadskiy oltin medali – bu 2004-yildan boshlab, Ukraina milliy fanlar akademiyasi tomonidan yil sayin eng yuksak ilmiy yutuqlarni qoʻlga kiritgan akademiklarga beriladigan mukofotdir.
Mukofot sohiblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2003-yil – Boris Paton
- 2004-yil – Platon Kostiuk, Szilveszter E. Vizi
- 2005-yil – Viktor Skopenko, Nikolai Plate
- 2006-yil – Yuriy Mitropolskiy, Yuriy Osipov
- 2007-yil – Miroslav Popovich, Georges Nivat
- 2008-yil – Viktor Baryaxtar, Vladimir Kadishevskiy
- 2009-yil – Volodymyr Marchenko, Jean Bourgain
- 2010-yil – Mixail Lisitsa, Manuel Cardona
- 2011-yil – Boris Oliynik, Blaže Ristovski
- 2012-yil – Mikola Bahrov, Nikolay Laverov
- 2013-yil – Oleksandr Huz, Herbert Mang
- 2014-yil – Vadim Loktev, Aleksey Abrikosov
- 2015-yil – Anthony Turner, Ganna V. Elska
- 2016-yil – Valeriy Skoroxod, Giorgi Tavadze
- 2017-yil – Volodimir Morgun, George Fedak
- 2018-yil – Oleksiy Onischenko, Michael Moser
- 2019-yil – Lukian Anatichuk, Juri Grin
- 2020-yil – Anton Naumovets, Anton Zeilinger
- 2022-yil – Volodimir Horbulin, Janusz Kacprzik
- 2023-yil – Aaron Ciechanover, Serhiy Komisarenko
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hrushevsky Ukraina tarixiga oid mashhur ilmiy asar yozgan. U Bar Starostvo: Historical Notes: XV-XVIII nomli asari bilan tanilgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Shemshuchenko, Yu. National Academy of Sciences of Ukraine (NATsІONALNA AKADYeMІYa NAUK UKRAЇNI). Legal Encyclopedia
- ↑ (ukraincha) The National Academy of Sciences of Ukraine has elected a new president, The Ukrainian Week (7 October 2020)
- ↑ Borys Paton. Academy of Sciences of the Ukrainian SSR (AKADYeMІYa NAUK UKRAЇNSKOЇ RSR). Ukrainian Soviet Encyclopedia.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Shpak, A., Yurkova, O. National Academy of Sciences of Ukraine (NATsІONALNA AKADYeMІYa NAUK UKRAЇNI). Encyclopedia of History of Ukraine. 2010
- ↑ Mahdalina Bukhalska. Documents about life and work of Academician Nikolai Petrov (DOKUMYeNTI PRO JITTYa TA DІYaLNІST AKADYeMІKA MIKOLI PYeTROVA) (Wayback Machine saytida 2019-03-15 sanasida arxivlangan). State Archive Service of Ukraine.
- ↑ Zakon pro zasnuvannya Ukraїnskoї Akademії nauk v m. Kiєvі (Law about creation of the Ukrainian Academy of Sciences in the city of Kyiv). Law of Ukraine #710. November 14, 1918. (official document)
- ↑ National Academy of Sciences of Ukraine (Natsіonalna akademіya nauk Ukraїni). Ukrainian Electronic Library.
- ↑ Hrushevsky, M., Bar Starostvo: Historical Notes: XV-XVIII, St. Volodymyr University Publishing House, Velyka-Vasyl’kivska, Building no. 29-31, Kyiv, Ukraine, 1894; Lviv, Ukraine, ISBN 5-12-004335-6, pp. 1 – 623, 1996.
- ↑ Ruslan Pyrih. Mykhailo Hrushevskyi and academy: unrealized presidency (1924–1928) (MIXAYLO GRUShYeVSKIY І AKADYeMІYa: NYeRYeALІZOVANYe PRYeZIDYeNTSTVO (1924—1928 rr.). Visnyk Natsionalnoyi Akademiyi Nauk Ukrayiny, 2016. ISSN 1027-3239Skript xatosi: „check isxn“ moduli yoʻq.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti
(ukraincha)
- NASUning 2006-yil uchun qilgan qisqacha yillik hisoboti
- Shpak, A. P., Yurkova, O. V. Ukraina Milliy Fanlar Akademiyasi. Ukraina tarixi ensiklopediyasi. 2010-yil
- Ukraina milliy fanlar akademiyasi. Ukraina milliy fanlar akademiyasining nizomi. Verxovna Rada veb-sayti. 2002-yil 11-iyunda roʻyxatga olingan. (ukraincha)
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |