Demi Stokes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Demi Stokes
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Demi Lee Courtney Stokes[1]
Tavallud sanasi 12-dekabr 1991-yil (1991-12-12) (32 yosh)
Tavallud joyi Midlands,Angliya[2][3].
Boʻyi 1.59 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AngliyaManchester City
Raqami 3
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–2007 AngliyaSunderland
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2011 AngliyaSunderland 42 (7)
2012 KanadaVancouver Whitecaps 13 (0)
2015– AngliyaManchester City 101 (4)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Angliya U19 15 (6)
2010 Angliya U20 3 (0)
2010—2013 AngliyaAngliya U23 6 (1)
2014– AngliyaAngliya terma jamoasi 66 (1)
2021– Birlashgan QirollikBuyuk Britaniya 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(17-mart uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8 aprel 2022 uchun)

Demi Lee Courtney Stokes (1991-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, Manchester Siti[4] va Angliya terma jamoasida oʻynaydi.[5] U ilgari Angliya FA Ayollar Premer-ligasida " Sanderlend " sharafini himoya qilgan.

Klubdagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stokes 8 yoshida " Sanderlend " yoshlar akademiyasiga borib qoʻshilgan va 16 yoshida asosiy jamoada oʻynay boshlagan[6] U 2008-09-yillarda Angliya Premer-ligasining Shimoliy divizionida gʻolib chiqqan va 2009-yilgi Angliya Kubogi finalida "Arsenal"ga 2:1 hisobida yutqazgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri edi[3]. U 2011-yilda Janubiy Florida universitetida oʻqish uchun toʻrt yillik stipendiya yutib oladi[7] 2012-yilda Stokes Vankuver Whitecaps tarkibida Shimoliy Amerika W-ligasida 13 ta oʻyin oʻtkazdi.

2015-yilning yanvarida Stokes «Manchester City» bilan 3 yillik professional shartnoma imzoladi[8].

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil iyul oyida Stokes 19 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasiga chaqiruv oldi va 2009-yilda Belarussiyada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida ishtirok etib Shvetsiya ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. 2010-yilda u Angliya terma jamoasiga Makedoniyada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi 2010-yilgi UEFA chempionati finaliga chiqishga yordam berdi va u yerda Fransiyadn magʻlubiyatga uchrashdi. Oʻsha yozda Stokes Germaniyada boʻlib oʻtgan 2010-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Angliyaning uchta oʻyinidan ikkitasini asosiy tarkibida maydonga tushdi[9].

Yangi tayinlangan Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Sampson Stokesni 2014-yilning 17-yanvarida Norvegiyaga qarshi oʻyinni oʻz ichiga olgan La Mangadagi yillik yigʻin uchun 30 futbolchidan iborat tarkibga kiritdi[10] U Norvegiya bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda asosiy tarkibda chap qanotda boshladi va oʻzining birinchi kattalar terma jamoasida gʻalabaga erishdi[11]. 2014-yil aprel oyida u Angliyaning Brighton and Hove shahridagi Falmer stadionida Chernogoriyani 9:0 hisobida magʻlub etgan jamoa tarkibida ham asosiy tarkibda maydonga tushgan[12].

Stokes 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Angliya terma jamoasidan chaqiruv olmadi[13]. U keyingi UEFA Ayollar Yevro-2017 saralash bosqichi uchun tarkibga qayta jalb qilindi.

2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollar oʻrtasidagi 2019-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Stokes Angliyaning Yaponiyaga qarshi oʻyinida asosoiy tarkibda maydonga tushib chap qanotda oʻynadi va Angliyaga 2:0 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi[14]. Stokes Norvegiyaga qarshi chorak finalda ham oʻynadi va Angliya Norvegiyani 3:0 hisobida magʻlub etishga yordam berdi.

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gol Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2014-yil 5-aprel Falmer stadioni, Brighton and Hove, Angliya Chernogoriya 7 – 0 9–0 JCh-2015 saralash

Buyuk Britaniya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil iyul oyida Stokes Rossiyaning Qozon shahrida boʻlib oʻtgan 2013-yilgi yozgi Universiada oʻyinlarida Buyuk Britaniyaga oltin medal olib kelishga oʻz xissasini qoʻshdi. 2021-yil 27-may kuni Stokes 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlari uchun Buyuk Britaniya ayollar olimpiya futbol jamoasi tarkibiga chaqiruv oldi[15].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stokes Geytsxed kollejiga boradi, shu sababli u hali ham futbol oʻynab, oʻqishni davom ettirmoqda[16].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Angliya Buyuk Briytaniya
Oʻyin Gol Oʻyin Gol
2014 12 1
2015 8 0
2016 9 0
2017 16 0
2018 4 0
2019 8 0
2020 1 0
2021 6 0 3 0
Total 64 1 3 0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

AngliyaManchester City[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FA WSL kubogi : 2016, 2018–19, 2021–22
  • FA WSL : 2016-yil
  • Angliya kubogi : 2016–17, 2018–19, 2019–20

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliya

  • SheBelieves kubogi : 2019[17]
  • Arnold Klark kubogi : 2022[18]

Shaxsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • PFA WSL yilning eng yaxshi jamoasi aʼzosi : 2018, 2019[19][20]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Athlete Information“. Universiade Kazan 2013 Russia. 19-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-yanvar 2014-yil.
  2. „Women's World Cup 2019: Mapping England's Lionesses squad“. BBC Sport (2-iyul 2019-yil). Qaraldi: 15-sentabr 2020-yil.
  3. 3,0 3,1 „Demi Stokes player profile“. MCFC.
  4. „Demi Stokes“ (inglizcha). Manchester City. Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
  5. „Demi Stokes: England profile“ (inglizcha). The Football Association. Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
  6. „Demi Stokes: England profile“. The Football Association. Qaraldi: 6-sentabr 2019-yil.
  7. „Demi Stokes“. Vancouver Whitecaps FC. Qaraldi: 18-yanvar 2014-yil.
  8. „Demi Stokes joins Manchester City Women on three-year deal“. BBC Sport (2-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2019-yil.
  9. „Demi Stokes“. Vancouver Whitecaps FC. Qaraldi: 18-yanvar 2014-yil. "Demi Stokes".
  10. „Lianne Sanderson recalled to England training squad“. British Broadcasting Corporation (18-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2014-yil.
  11. „New England women's boss Mark Sampson denied winning start“. British Broadcasting Corporation (17-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2014-yil.
  12. Magowan, Alistair. „Toni Duggan hits hat-trick as England thrash Montenegro 9–0“. BBC Sport (5-aprel 2014-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2016-yil.
  13. Brookes, Christian. „Demi Stokes interview: Lionesses defender's breakout beats with the Bulls“. Beats & Rhymes FC (19-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2016-yil.
  14. FIFA.com. „FIFA Women's World Cup France 2019™ - Matches - Japan - England - FIFA.com“. www.fifa.com. 2019-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2019-yil.
  15. „Team GB: Steph Houghton, Sophie Ingle and Caroline Weir in Olympics squad“. bbc.co.uk (27-may 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2021-yil.
  16. „Gateshead College“. Gateshead College. 2019-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-may 2019-yil.
  17. „England record statement win over Japan to clinch prestigious SheBelieves Cup“. The Football Association (5-mart 2019-yil). Qaraldi: 8-iyul 2019-yil.
  18. „England 3 - 1 Germany“. BBC Sport (23-fevral 2022-yil). Qaraldi: 23-fevral 2022-yil.
  19. „PFA WSL 1 Team of the Year: Five Chelsea Ladies players named“. bbc.com. BBC (19-aprel 2018-yil).
  20. „PFA Women’s Team of the Year: Arsenal, Chelsea and Manchester City dominate“. theguardian.com. The Guardian (26-aprel 2019-yil).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]