Dargʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dargʻon (arab.— toʻgʻon, damba, toʻsiq va b. ning koʻpligi) — oʻrta asr shahar harobasi. Hazorasplan 130 km jan.-sharqda, Amudaryo boʻyidan 3-4 km masofada joylashgan. D. moʻgʻullar istilosiga qadar yirik shahar (50 ga) boʻlgan. Makdisiyning yozishicha, D. poytaxt — Jurjoniyadan soʻng Xorazmning eng yirik shahri hisoblanib, katta jome masjidi boʻlgan. Janubiy Turkmanispgon arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganilgan (1954). Hududida Dargʻon ota maqbarasi (14-asr) bor. Amudaryo kechuvlarining eng asosiylaridan biri D. yonida boʻlgan. D. dan hozirda Dargʻon qalʼa, Oqqalʼa yoxud Koʻhna qalʼa nomlari bilan mashhur qalʼa harobasi saqlanib qolgan. Uning maydoni taxminan 6 ga, atrofi qalin (2,60 m), bal. 8 m paxsa devor bilan oʻralgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil