Kontent qismiga oʻtish

Daraxt (naqsh)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Daraxt — naqsh turi va mujassamoti. Amaliy bezak sanʼatida keng tarqalgan. Badiiy buyumlar bezagi (kashtachilik, chitgarlik, kulollik, naqqoshlik va boshqalar)da qoʻllanadi. Jumladan, toshkentlik kulollar daraxtni laganlarning oʻrtasiga chizishadi, Samarqand, Gʻijduvon, Rishton, Shahrisabzda bu naqsh hoshiya bezaklarida keng ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil