Daniel Jensen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daniel Jensen
Jensen Werder Bremen bilan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Daniel Monberg Jensen
Tavallud sanasi 25-iyun 1979-yil (1979-06-25) (44 yosh)
Tavallud joyi Kopengagen, Daniya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Markaziy yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—1998 B.93 44 (9)
1998—2003 Heerenveen 123 (16)
2003—2004 Murcia 28 (0)
2004—2011 Werder Bremen 133 (7)
2012 Novara 6 (0)
2013 Copenhagen 10 (0)
2013—2015 SønderjyskE 48 (3)
2015—2016 Lyngby BK 9 (0)
Milliy terma jamoa
1995—1997 Daniya 19 yoshgacha 16 (3)
1999—2002 Daniya 21 yoshgacha 19 (2)
2002—2010 Daniya 52 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Daniel Monberg Jensen (talaffuzi: Daniel Monberg Yensen; 1979-yil 25-iyunda tugʻilgan) — daniyalik sobiq professional futbolchi. Markaziy yarim himoyachi sifatida Jensen maydonning soʻnggi uchdan bir qismida yaxshi toʻp uzatishi bilan mashhur edi. U Daniya terma jamoasi uchun 50 tadan ortiq oʻyin oʻtkazgan va 3 ta gol urgan. Jensen 2004-yilgi Yevropa chempionatida mamlakatini himoya qilgan. U nafaqadagi sobiq Daniya terma jamoasi futbolchisi Niclas Jensenning ukasi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kopengagenda tugʻilgan Daniel Jensen futbol oʻynashni Daniya 1-Divizionida B93da boshlagan. Klubdagi faoliyati davomida u 44 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan. Jensen 1995-yilning sentyabrida Daniyaning 19 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga chaqirilgan va 1996-yilning kuzida Boldklubben safida debyut qilgan. U 1998-yilning iyulida Gollandiyaning Heerenveen klubiga sotilishidan oldin 19 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi uchun jami 16 ta oʻyin oʻtkazdi va 3 ta gol urdi.

Heerenveen[tahrir | manbasini tahrirlash]

Heerenveenda oʻynaganida Jensen Daniyaning 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi uchun 19 ta oʻyin oʻtkazdi va 2 ta gol urdi. 2002-yilning fevralida u Daniya terma jamoasida milliy murabbiy Morten Olsen qoʻl ostida debyut qildi.

Heerenveen uchun 100 tadan ortiq liga oʻyinlarini oʻtkazganidan soʻng, Jensenning shartnomasi 2003-yil yozida tugadi va u klubni tekin transfer orqali tark etdi.

Murcia[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jensen La Liga chempionati tarkibidagi klubga oʻtishni xohlagan va 2003-yilning avgustida La Ligaga yangi koʻtarilgan Real Murcia jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Murciada La Liganing 2003—2004-yilgi mavsumini yakunlanganidan soʻng, Jensen bir qator nemis klublariga yoʻl olgani haqida xabar berilgandi. U 2004-yil iyun oyida 2004-yilgi Yevropa chempionati (Euro 2004) uchun Daniya terma jamoasiga chaqirilgan. Jensen Euro 2004 turnirini Daniya boshlangʻich tarkibida boshladi va Italiya hamda Bolgariyaga qarshi dastlabki ikki oʻyinda toʻliq vaqt oʻynadi. Daniyaning uchinchi o‘yinida uning o‘rnini Christian Poulsen egalladi va chorak finalda Chexiyaga mag‘lub bo‘lganini zahirada oʻtirib tomosha qildi. Euro 2004dan keyin Murcia Jensenning shartnomasidagi banddan foydalanib, shartnomani yana ikki yilga uzaytirdi. Uzatilish Jensenga klubni tekinga tark etishiga xalaqit berdi va u 2004-yilning iyulida Germaniyaning Werder Bremen klubiga 1 million yevroga sotildi.

Werder Bremen[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yil avgust oyida Jensen Germaniya Liga kubogini qoʻlga kiritgan Werder jamoasining tarkibida oʻynagan. 2008-yilning yanvarida u Werder bilan shartnomasini uzaytirdi, bu esa Jensenni klubda 2011-yilgacha qolishiga sabab boʻldi[1].

2011-yilning 11-may kuni Jensen Borussia Dortmundga qarshi o‘yinda jamoa roʻyxatiga kiritilmaganidan so‘ng murabbiylar shtabi haqida aytgan so‘zlari tufayli shartnomadan bir oy oldin ozod etildi. „Bugun ertalab u va murabbiy Tohmas Schaaf oʻrtasida munozara boʻldi va u darhol klubdan chiqarib yuborildi“, dedi sport direktori Klaus Allofs, „U endi bizning rejalarimizda hech qanday rol oʻynamaydi“[2].

Keyingi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil dekabr oyida Jensen yangi shartnoma olish maqsadida Italiya Serie A vakili Novara klubida sinovdan oʻtdi[3]. 2012-yilning yanvarida Jensen Novara bilan shartnoma imzoladi va bu shartnoma uni 2013-yilgacha klubda qoldirdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jensenning akasi Niclas ham professional futbolchi edi. Daniel kabi Niclas ham Daniyani xalqaro miqyosda himoya qilgan va Bundesligada oʻynagan[4].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Kontinental Boshqa Jami
Divizion Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Heerenveen 1998—1999[5] Eredivisie 1 0 0 0 1 0
1999—2000[5] Eredivisie 29 4 1 0 30 4
2000—2001[5] Eredivisie 30 3 6 1 36 4
2001—2002[5] Eredivisie 31 5 3 1 34 6
2002—2003[5] Eredivisie 32 4 2 0 34 4
Jami 123 16 0 0 12 2 0 0 135 18
Real Murcia 2003—2004[5] La Liga 28 0 1 0 - 0 0 29 0
Werder Bremen 2004—2005[5] Bundesliga 21 0 3 2 4 1 0 0 28 3
2005—2006[5] Bundesliga 27 1 3 1 3 0 0 0 33 2
2006—2007[5] Bundesliga 23 4 1 0 7 0 1 0 32 4
2007—2008[5] Bundesliga 27 2 2 0 12 1 0 0 41 3
2008—2009[5] Bundesliga 11 0 2 0 6 0 - 19 0
2009—2010[5] Bundesliga 13 0 1 0 5 0 - 19 0
2010—2011[5] Bundesliga 11 0 1 0 3 0 - 15 0
Jami 133 7 13 3 40 2 1 0 187 12
Novara 2011—2012[6] Serie A 6 0 1 0 - - 7 0
2012—2013[6] Serie A 0 0 2 0 - - 2 0
Jami 6 0 3 0 0 0 0 0 9 0
Copenhagen 2012—2013[5] Daniya Superligasi 10 0 0 0 0 0 - 10 0
SønderjyskE 2013—2014[5] Daniya Superligasi 23 3 3 0 - - 26 3
2014—2015[5] Daniya Superligasi 25 0 0 0 - - 25 0
Jami 48 3 3 0 0 0 0 0 51 3
Lyngby 2015—2016[5][6] Daniya 1-Divizioni 9 0 1 0 - - 10 0
Faoliyati jami 357 26 21 3 52 4 1 0 431 33

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Daniyaning gollari roʻyxatini, ballar ustuni Jensenning har bir golidan keyingi ochkoni koʻrsatadi.
Daniel Jensen tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2006-yil 11-oktyabr Rheinpark stadioni, Vaduts, Lixtenshteyn  Lixtenshteyn 1-0 4-0 Euro 2008 saralashi
2 2007-yil 6-fevral Loftus Road, London, Angliya  Avstraliya 2-0 3-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3 2008-yil 10-sentyabr Xose Alvalade stadioni, Lissabon, Portugaliya  Portugaliya 3-2 3-2 FIFA Jahon chempionati 2010 saralashi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Werder Bremen

  • DFB-Ligapokal: 2006
  • DFB-Pokal: 2008—2009

Copenhagen

  • Daniya Superligasi: 2012—2013

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Jensen signs new Werder Bremen deal“. Ontheminute.com. 2011-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-oktyabr.
  2. „Werder ditch Jensen after critical comments“. fourfourtwo.com. Qaraldi: 2011-yil 11-may.
  3. „Jensen sempre più vicino a Novara“ (it). La Stampa (2011-yil 29-dekabr). 2012-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-yanvar.
  4. Freese. „Fußball: Jensen schwärmt von Zeit an der Weser“ (de). NWZ Online. Nordwestzeitung (2014-yil 2-aprel). Qaraldi: 2019-yil 20-iyun.
  5. 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 5,10 5,11 5,12 5,13 5,14 5,15 5,16 „Daniel Jensen » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Denmark - D. Jensen - Profile with news, career statistics and history“. Soccerway. Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.