Chimyon choʻqqisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chimyon choʻqqisi, Katta Chimyon choʻqqisi — Gʻarbiy Tyanshanning Chatqol tizmasidagi choʻqqi. Katta Chimyon togʻida. Toshkentdan 80 km sharqda. Chimyon choʻqqisini shimolidan Chatqol, sharqdan Oqbuloq daryolari (Chatqolning chap irmogʻi), janubiy va gʻarbdan Chimyonsoy vodiylari oʻrab turadi, balandligi 3309 m. Atrofdagi hududlardan tik koʻtarilgan. Asosan, paleozoy davri ohaktoshlaridan tashkil topgan. Choʻqqining yon bagʻirlari koʻplab soylar bilan kesilgan. Ular orasida tik koʻtarilgan qoyalar, qurumlar, doimiy qor uyumlari uchraydi.