Charminar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Charminar

Charminarning yuqoridan koʻrinishi
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi Hindiston, Haydarobod, Telegana
Texnik holati
Material granit, ohaktosh, ohak va pulverlangan marmar
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Mir Moʻmin Astarabadiy[1][2]
Charminar

Charminar (soʻzma-soʻz'Toʻrtta minora') – Haydarobod, Telangana, Hindistonda joylashgan yodgorlik. 1591-yilda qurilgan bu diqqatga sazovor joy Haydarobodning ramzi boʻlib, rasmiy ravishda Telangana gerbi tasvirida aks etgan[3]. Charminarning koʻp yillik tarixini uning yuqori qavatida 425 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan masjid ifodalab turadi. Tarixiy va diniy ahamiyatga ega boʻlishiga qaramay, u tuzilmani oʻrab turgan mashhur va gavjum mahalliy bozorlari bilan ham mashhur hamda Haydarobodning eng koʻp tashriflar amalga oshiriladigan sayyohlik joylaridan biriga aylangan. Charminar, shuningdek, Qurbon hayiti va Iyd al-Fitr kabi diniy bayramlarni nishonlash joyi hamdir[4], chunki u shaharning bosh masjidi Makka masjidiga tutashgan.

Charminar Musi daryosining sharqiy qirgʻogʻida joylashgan[5]. Gʻarbda Laad bozori, janubi-gʻarbda esa turli bezaklarga boy Makka masjidi joylashgan[6]. U Hindiston arxeologiya xizmati tomonidan tayyorlangan yodgorliklarning rasmiy roʻyxatida arxeologik va meʼmoriy xazina sifatida roʻyxatga olingan[7]. Masjid nomi urducha chār va minar yoki meenar soʻzlarining kombinatsiyasi boʻlib, bu soʻz „Toʻrt ustun“ deb tarjima qilinadi; masjidda toʻrtta katta archa daraxtidan tayyorlangan va mustahkam bezakli minoralar mavjud[6].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qutb Shohilar sulolasining beshinchi hukmdori Muhammad Quli Qutb Shoh 1591-yilda poytaxtini Golkondadan yangi tashkil etilgan Haydarobod shahriga koʻchirgach, mazkur Charminar masjidini barpo ettiradi.

Charminar, Char Kaman va Gulzar Houz, 1880-yillarda Lala Din Dayal tomonidan suratga olingan

Tuzilmaning hozirgi vasiysi Hindiston arxeologik tadqiqoti (ASI) oʻz yozuvlarida shunday deb taʼkidlaydi: "Charminar qanday maqsadda qurilganligi haqida turli xil nazariyalar mavjud. Biroq, Charminarning shahar markazida, usha vaqtdakeng tarqalgan xavfli vabokasalligini yoʻq qilinishini xotirlash maqsadida qurilganligi tan olingan[8][9]. XVII asrdagi fransuz sayyohi Jean de Thévenotning soʻzlariga koʻra, ayrim forscha matnlarda yozilishicha, Charminar ikkinchi islom ming yilligining boshlanishi (hijriy 1000-yil) munosabati bilan milodiy 1591-yilda qurilgan. Bu voqea islom olamida keng tarzda nishonlangan, shuning uchun Qutbshoh voqeani nishonlash va ushbu binoning qurilishi bilan Haydarobod shahriga asos solgan[10][11]:17–19.

Qurilish 1589-yilda boshlangan va masjid ikki yil ichida qurib bitkazilgan. Qurilishga 9 lakh mablagʻ sarflangan, bu oʻsha paytlarda taxminan 2 lak hun/oltin tangaga teng boʻlgan. Binoning ogʻirligi 14000 tonna atrofida, poydevori kamida 30 fut chuqurlikda ekanligi aytiladi. 1670-yilda minora chaqmoq urishi natijasida qulab tushgan. Keyin u taxminan 58 000 rupiy xarajat evaziga qayta taʼmirlangan. 1820-yilda uning bir qismi Sikandar Jah tomonidan 2 million rupiy evaziga taʼmirlangan.

Charminar Machilipatnam port shahri orqali shaharni xalqaro bozorlar bilan bogʻlaydigan tarixiy savdo yoʻli chorrahasida qurilgan[12]:195. Haydarobodning Eski shahar markazi Charminar quilishi bilan barpo etilgan[13]. Shahar Charminar atrofida toʻrt xil kvadrat shakldagi uylar joylashgan boʻlib, bu hududda yashaydigan aholi punktlariga koʻra ajratilgan. Charminarning shimolida Char Kaman yoki asosiy yoʻnalishda qurilgan toʻrtta shlyuz mavjud[10][12][14]. Shahar rejasini ishlab chiqish uchun Erondan qoʻshimcha ravishda taniqli meʼmorlar ham taklif qilingan. Tuzilmaning oʻzi masjid va madrasa sifatida xizmat qilish uchun moʻljallangan edi. U hind-islom meʼmorchiligi uslubida qurilgan boʻlib, fors meʼmorchiligi elementlarini ham oʻzida mujassam etgan. Charminarning kichik namunasi Dabirpura/Nagaboli qabristonida haqiqiy qurilishdan oldin yaratilgan.

Tarixchi Maʼsud Husayn Xon Charminarning qurilishi 1592-yilda yakunlanganini va u aslida 1591-yilda tashkil etilgan Haydarobod shahrida joylashgan ekanligini aytadi[15] :4. „Days of the Beloved (Sevimlilar kunlari)“ kitobiga koʻra, Qutbshoh 1589-yilda oʻzining boʻlajak malikasi Bhagmatini koʻrgan joyida Charminarni qurdirgan va u islomni qabul qilgandan keyin Qutbshoh shahar nomini „Haydarobod“ deb oʻzgartirgan. Bu hikoya tarixchilar va olimlar tomonidan rad etilgan boʻlsa-da, u mahalliy aholi orasida mashhur folklorga aylangan[16] :3,12.

Qutb Shoh ham Dakkani Urdusining ilk shoirlaridan biriboʻlgan. Charminarga poydevor qoʻyish chogʻida daxiniy qoʻshiqlarni aytib namoz oʻqigan boʻlib, ular quyidagicha qayd etilgan[15]:4[17]:

Dakhini Urdu
میرا شہر لوگوں سے مامور کر
راكهيو جوتو دريا میں مچھلی جيسے

Telugu tiliga tarjima
నదిలో చేపలని ఎలా నింపావో
నగరానని కూడా అలా నింపు దేవుడా[15]:4[17]
Oʻzbek tiliga tarjima
Mening bu shahrimni odamlar bilan toʻldiring,
Daryoni baliqlar bilan toʻldiring ey Rabbiy[15]:4[17]
Transliteratsiyasi
Mere shahr logon se mamoor kar,
Rakhiyo joto daryo mein machhli jaise[15]:4[17]
Hind tiliga tarjima
मेरा शहर लोगों के मामूर कर,
राख्यों जो तो दरया में मछली जैसी

Boburiylar hukmronligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charminar keyinchalik qoʻlga kiritilgan va Boburiylar imperiyasining ramziga aylantirilgan, Asaf Jah I mashhur tuzilmaning qoʻriqchisi boʻlgan.

Boburiylar imperiyasiga sodiq boʻlgan 80 000 Sepoy birliklari „Charminar garnizoni“ tarkibida yashashgan. Odatda bu majmuani Toj Mahal bilan qiyoslashadi.

Britaniya Raji[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charminar Haydarobod Nizomi deb nomlanuvchi knyazlik davlati tomonidan boshqarilgan.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charminar masjidi kvadrat shaklida boʻlib, har bir tomoni 20 metr (66 ft) uzunlikka ega. Toʻrt tomonning har birida toʻrtta katta ark oʻrnatilgan, ularning har biri toʻgʻridan-toʻgʻri koʻchaga ochiladigan asosiy kirishga qaragan. Har bir burchakda nafis shakldagi 56 metr (184 ft) balandlikdagi minora boʻlib, ularning har biri ikki qavatli balkonga ega. Har bir minora yuqorisi gulbarglarga oʻxshash nafis naqshli gumbaz bilan qoplangan. Toj Mahal minoralaridan farqli oʻlaroq, Charminarning toʻrtta nayli minorasi asosiy inshoot asosiga qurilgan. Yuqori qavatga chiqish uchun 149 ta oʻralgan zinapoyalardan oʻtish kerak. Bundan tashqari, struktura oʻzining koʻplab stukko bezaklari va balustradlar va balkonlarining joylashuvi bilan ham mashhur[18].

Majmua granit, ohaktosh, ohak va maydalangan marmardan yasalgan boʻlib, har birining ogʻirligi taxminan 14 000 tonnani tashkil qiladi[19]. Dastlab yodgorlik shu qadar mutanosib ravishda rejalashtirilgan ediki, qal’a birinchi marta ochilganda, toʻrtta katta arkning har biri orqali gavjum Haydarobod shahrining toʻrt burchagini koʻrish imkoniyat mavjud edi, chunki har bir arka qirollikning eng serqatnov koʻchalaridan biriga qaragan edi.

Masjid ochiq tomning gʻarbiy qismida joylashgan. Tomning qolgan qismi Qutb Shohi davrida qirollik saroyi vazifasini bajargan. Haqiqiy masjid toʻrt qavatli binoning yuqori qavatinigina egallagan. Gumbazdagi galereyalarning tepasida toshli balkon bilan chegaralangan tom vazifasini oʻtagan terassa mavjud. Asosiy galereyada juma namoziga koʻproq odamlarni sigʻdirish uchun oldida katta ochiq maydon boʻlgan 45 ta yopiq ibodat joylari ham qurilgan.

Toʻrtta asosiy yoʻnalishga qaratilgan soatlar 1889-yilda oʻrnatilgan. Charminar masjidida namoz oʻqishdan oldin tahorat olish uchun oʻrtada vazu (suv sardoni) joylashtirilgan[20].

Atrofdagi hudud[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charminar majmuasi panoramasi, Charminar, Makka masjidi va Nizomiy kasalxonasi koʻrsatilgan

Charminar atrofidagi hudud ham xuddi shu nom bilan mashhur. U Charminar saylov okrugi tarkibiga kiritilgan.

Makka masjidi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yodgorlik Makka masjidi deb nomlangan yana bir katta masjidni hamoʻz tarkibiga oladi. Qutb Shohilar sulolasining 5-hukmdori Muhammad Quli Qutbshoh islom dinining eng muqaddas maskani Makkadan olib kelingan tuproqdan gʻisht yasashni buyurib, undan masjidning markaziy arkasini qurishda foydalanishga buyruq beradi, shuning uchun ham masjid shu nomni oladi.

Bozorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

A very busy colorful street with many people walking along rows of little shops
2000-yilda olingan Laad bozori koʻchasi

Charminar atrofida Laad Bazaar nomli mashxur bozor joylashgan. U zargarlik buyumlari, ayniqsa, bilakuzuklar savdosi bilan mashhur. Yaqin atrofdagi Pathargatti bulvari ham oʻzining marvaridlari bilan mashhur boʻlgan muhim biznes koʻchalaridan biridir. Charminar bozori oʻzining eng gullagan davrlarida 14 000 ga yaqin doʻkonga ega boʻlgan. Charminar atrofidagi bozorlar Sarojini Naiduning „Haydarobod bozorlarida“ sheʼrida ham tasvirlangan.

Char Kaman va Gulzor Houz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charminar tepasidan koʻrilgan Char Kaman

Charminarning shimolidagi toʻrtta arka Char Kaman nomi bilan mashhur. Bular XVI asrda Charminar bilan birga qurilgan. Ular Kali Kaman, Machli Kaman, Seher-e-Batil ki Kaman va Charminar Kaman nomlari bilan ataladi. Bu arklarning markazida Gulzor houz deb nomlangan favvora joylashgan. Char Kamanning hozirgi ahvoli juda yomonligi sabbali, qayta taʼmirlanishi kerak[21][22].

Maxsus atalgan nomlar, kichik nusxalar va banknotalardagi tasviri[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda Pokistonda yashovchi Haydarobodlik musulmonlar Karachi shahridagi Bahodurobod mahallasining asosiy chorrahasida Charminarning kichik hajmdagi nusxasini barpo etdilar[23].

Lindt firmasining shokolad tayyorlovchi ustasi Adelbert Boucher 50 kilogramm shokoladdan Charminarning kichik masshtabli modelini yasashga muvaffaq boʻldi. Uch kunlik mehnat talab qiladigan model 2010-yil 25 va 26-sentyabr kunlari Hindistonning Haydarobod shahridagi The Westin koʻrgazmasida namoyish etilgan[24].

Charminar Express – Haydarobod va Chennay oʻrtasida harakatlanadigan Charminar nomi bilan ataluvchi tezkor poyezd hisoblanadi.

Charminar, shuningdek, eski Haydarobod davlatining pul birligida ham tasvirlngan, hozirda muomaladan chiqarilgan Haydarabad rupiyasining tanga va banknotlarida ham uning tasviri uchraydi.

Haydarobod shahri va Telangana shtatining ramzi sifatida mazkur inshoot Kakatiya Kala Toranam bilan birga Telangana gerbida ham tasvirlangan[25][26].

Charminarni piyodalarga aylantirish loyihasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charminarni piyodalarga aylantirish loyihasi bu Hindistonning Haydarobod shahridagi mashhur Charminar yodgorligi atrofidagi hududni piyodalar uchun qulay hududga aylantirishga qaratilgan tashabbusdir. Loyiha 2016-yilda Telangana hukumati tomonidan taklif qilingan va shaharning shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha katta saʼy-harakatlarning bir qismi hisoblanadi. Charminar har yili millionlab sayyohlarni oʻziga tortadigan tarixiy yodgorlik boʻlsa ham, uning atrofidagi hudud tirband va piyodalar yurish uchun qulay emas. Piyodalar harakatini yoʻlga qoʻyish loyihasi ushbu muammoni hal etish, yodgorlik atrofida avtomobillardan holi hudud yaratish va umumiy piyodalar uchun mavjud holatni yaxshilashga qaratilgan.

Loyiha mehmonlar uchun yanada qulay va mehmondoʻst muhit yaratish maqsadida kengroq boʻlgan piyodalar yoʻlaklari, piyodalar oʻtish joylarini qurish va yoritish holatini yaxshilash, shuningdek, koʻchaga kursilarini oʻrnatish va obodonlashtirishni nazarda tutilgan. Rejaga Charminarga tashrif buyuruvchilar uchun piyodalar zonasidan tashqarida joylashgan maxsus avtoturargohni barpo etish ham kiritilgan.

Loyiha koʻplab bahs-munozaralarga sabab boʻlgan, chunki u amalga oshirilishi hozirda hududda faoliyat yuritayotgan bir qancha koʻcha sotuvchilari va korxonalarni boshqa joyga koʻchirishga sabab boʻlar edi. Biroq loyiha tarafdorlarining taʼkidlashicha, Charminar atrofida piyodalar uchun qulay muhit yaratishning foydasi bu buzish ishlaridan koʻra koʻproq boʻladi.

Umuman olganda, Charminar piyodalarni yoʻlga qoʻyish loyihasi Haydarobodning shahar infratuzilmasini yaxshilash va shaharning eng diqqatga sazovor joylaridan biriga tashrif buyuruvchilar uchun yanada yoqimli va qulay muhit yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan muhim saʼy-harakatlarni oʻzida ifodalaydi[27]. Keyinchalik, 2017-yil yanvar oyida Telangananing yangi hukumati yodgorlikni ekologik toza turizm va meros obyekti sifatida rivojlantirishning maqsadga muvofiqligini baholash uchun loyihani oʻz zimmasiga olish maqsadida 14 kishidan iborat Fransiya delegatsiyasini taqdim etdi[28][29]. Jamoa atrofdagi Gulzor uyi, Makka masjidi, Lad Bozori va Sardor Mahal kabi hududlarni koʻzdan kechirib chiqqan[30][31][28][29].

UNESCOning Jahon merosi roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charminar bulutli kunda

Charminar, Haydarobodning Qutb Shohi yodgorliklari bilan bir qatorda: Golkonda qal’asi va Qutb Shohi maqbaralari UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Yodgorlikni roʻyxatga kiritish taklifi Hindistonning UNESCOdagi doimiy delegatsiyasi tomonidan 2010-yil 10-sentyabrda berilgan[32][33].

Ziyoratgohning tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bhagyalakshmi ziyoratgohi Charminar etagida joylashgan. Charminarni boshqaradigan Hindiston arxeologik tadqiqoti (ASI) ziyoratgoh tuzilishini hokimiyat ruxsatisiz qurilgan deb eʼlon qilgan[34]. Haydarobod Oliy sudi ibodatxonani yanada kengaytirish ishlarini toʻxtatib qoʻygan[35]. Ziyoratgohning kelib chiqishi haqidagi qarashlar hozirda bahsli boʻlsa-da, hozirgi inshoot 1960-yillarda qurilganligi aniq. 2012-yilda The Hindu gazetasi ibodatxonaning hech qachon mavjud boʻlmaganligini koʻrsatadigan eski fotosuratni nashr etdi[36][37]. Nashriyotdagilar, shuningdek, fotosuratlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi eslatmani ham eʼlon qilgan va 1957 va 1962-yillarda olingan fotosuratlarda ziyoratgoh tuzilishiga aloqador hechnima yoʻqligini taʼkidlagan. Bundan tashqari, unda ziyoratgoh yaqinda qurilgan inshoot ekanligini tasdiqlovchi fotosuratlar koʻrsatilgan – ibodatxona inshootini 1990 va 1994-yillarda olingan fotosuratlardagina koʻrish mumkin. Shuningdek, ziyoratgoh 1986-yilda olingan fotosuratda ham koʻzga tashlanadi, u Ogʻa Xon vizual arxivida, MIT kutubxonalari kolleksiyalarida saqlanadi[36].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Khan, Asif Yar. „Here sleeps the earliest urban planner“ (2013-yil 18-iyun).
  2. „Remembering the man behind Charminar's architecture“. thehansindia.com (2016-yil 5-aprel). Qaraldi: 2023-yil 24-may.
  3. „Kakatiya arch, Charminar in Telangana state logo“. The Deccan Chronicle (2014-yil 30-may). Qaraldi: 2015-yil 1-iyul.
  4. „Charminar Hyderabad Tourism“. simplefoodreviews.com. Qaraldi: 2023-yil 24-may.
  5. Charminar Encyclopædia Britannicada
  6. 6,0 6,1 „Charminar: Hyderabad“. Britannica Compton's Encyclopedia. 2010-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-may.
  7. „Alphabetical List of Monuments - Telangana“. holidify.com. Telangana Tourism. 2014-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-avgust.
  8. „Ticketed monuments-Telangana“. Archaeological Survey of India (2011). Qaraldi: 2012-yil 19-dekabr.
  9. „India: Charminar is in fact a madrasa and masjid“. IRIB World Service (2012-yil 18-noyabr). 2013-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-dekabr.
  10. 10,0 10,1 „The Qutb Shahi monuments of Hyderabad-Golconda Fort, Qutb Shahi Tombs, Charminar“. UNESCO World Heritage Centre (2010-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  11. Bilgrami, Syed Ali Asgar. Landmarks of the Deccan. Asian Educational Services [1924], 1992. ISBN 8120605438. 
  12. 12,0 12,1 Gayer, Lauren. Muslims in Indian cities: trajectories of marginalisation. Columbia University Press, 2011. ISBN 9780231800853. 2012-yil 21-dekabrda qaraldi. 
  13. "Mecca Mosque". Encyclopædia Britannica. https://www.britannica.com/EBchecked/topic/371808/Mecca-Mosque. Qaraldi: 3 November 2011. 
  14. „Qutb Shahi style (mainly in and around Hyderabad city)“. aponline.gov.in. Government of Telangana (2002). 2013-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 15,4 Mohammad Quli Qutb Shah, volume 216. Sahitya Akademi, 1996. ISBN 8126002336. 2012-yil 21-dekabrda qaraldi.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Masud" defined multiple times with different content
  16. Lynton, Harriet Ronken. Days of the beloved. Orient Longman, 1974. ISBN 0863112692. 2012-yil 19-dekabrda qaraldi. 
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 „Final abode of Mohd. Quli Qutb Shah and six others.“. The Hindu (2012-yil 31-may). Qaraldi: 2012-yil 23-dekabr.
  18. „Grandeur and grace“. Dawn.com. 2007-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  19. Papri, Paull. „Is it Charminar's 425th birthday today?“. The Times of India (2016-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 9-oktyabr.
  20. „Charminar Mosque“. asi.nic.in. Qaraldi: 2012-yil 24-noyabr.
  21. „Char kaman in Old City faces monumental neglect - Times of India“. The Times of India. Qaraldi: 2018-yil 30-iyul.
  22. „Glory of the gates“. The Hindu (2004-yil 10-mart). 2016-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-iyul.
  23. Zakaria. „Charminar in Karachi“. Dawn (2007-yil 22-aprel).
  24. „A Charminar to drool and eat“. Hindu.com. 2011-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  25. „Exclusive: Telangana to have unique logo“ (en). India Today. Qaraldi: 2018-yil 30-iyul.
  26. „Telangana State Emblem Looks Simple Yet Profound“. The New Indian Express. Qaraldi: 2018-yil 30-iyul.
  27. Nanisetti. „Charminar Pedestrianisation Project getting closer to reality now“. thehindu.com (2017-yil 2-noyabr).
  28. 28,0 28,1 Lieres, Bettina von. Mediated Citizenship: The Informal Politics of Speaking for Citizens in the Global South. Springer, 8 October 2014. ISBN 9781137405319. 
  29. 29,0 29,1 „French Delegation Visits Charminar Pedestrian Project“. The Siasat Daily (2017-yil 23-yanvar).
  30. Nanisetti. „Charminar Pedestrianisation Project yet to see light of the day“. thehindu.com (2016-yil 2-aprel).
  31. „Charminar Pedestrianisation Project gathers pace“. telanganatoday.com (2017-yil 13-noyabr).
  32. „The Qutb Shahi Monuments of Hyderabad Golconda Fort, Qutb Shahi Tombs, Charminar“. whc.unesco.org. UNESCO World Heritage Centre.
  33. „Prestige or Preservation?“. Times of India. 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-dekabr.
  34. „RTI response from ASI hosted on a website“. twocircles.net. Two Circles. Qaraldi: 2018-yil 12-aprel.
  35. „Trust denies expansion of Bhagyalakshmi temple“. The Times of India (2012-yil 7-noyabr). 2013-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-noyabr.
  36. 36,0 36,1 „A note on the Charminar photograph“. The Hindu (2012-yil 21-noyabr).
  37. Srivathsan, A.. „As protests roil Charminar, Hyderabad's heritage slowly vanishes“. The Hindu (2012-yil 20-noyabr).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]