Qutbshohlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qutbshohlar — oʻrta asrlarda Hindistondagi Golkonda sultonligini idora etgan sulola (1512—1687). Bahmaniylar davlati tanazzulga uchrashi natijasida vujudga kelgan. 1512 yil Telinganadagi bahmaniy noib turkiy qavmdan boʻlgan Quli Qutbshoh oʻzini mustaqil hukmdor — sulton deb eʼlon qilgan. Uning vorislari qoʻshni davlatlar — Bijaypur, Vijayanagar, Boburiylar davlati bilan urushlar olib borishgan. 1636 yil Abdulla Qutbshoh oʻzini Shoh Jahonksht vassali deb hisoblagan. 1687 yil Avrangzeb bilan urush natijasida Q. oʻz mulklaridan ajralganlar.