Caroline Seger
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sara Caroline Seger[1] | ||
Tavallud sanasi | 19-mart 1985-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Helsingborg, Shvetsiya[3] | ||
Boʻyi | 1.74 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | FC Rosengård | ||
Raqami | 17 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Gantofta IF | |||
1998—2000 | Rydebäck IF | ||
2001—2004 | Stattena IF | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2009 | Linköpings FC | 139 | (39) |
2010 | Philadelphia Independence | 21 | (2) |
2011 | Western New York Flash | 13 | (5) |
2011 | LdB FC Malmö | 7 | (3) |
2012—2014 | Tyresö FF | 46 | (11) |
2014—2016 | Paris Saint-Germain | 37 | (8) |
2016—2017 | Olympique Lyon | 18 | (0) |
2017– | FC Rosengård | 78 | (12) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2001—2002 | Shvetsiya U17 | 12[4] | (3[4]) |
2002—2004 | Shvetsiya U19 | 23[4] | (3[4]) |
2005– | Shvetsiya terma jamoasi | 229[4] | (32[4]) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (16-iyun 2019-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (4-may 2022-yil uchun) |
Sara Caroline Seger (1985-yil 19-martda tugʻilgan) shvetsiyalik futbolchi, Damalsvenskan ligasining Rosengård klubida yarim himoyachi va klub sardori sifatida oʻynaydi. U Shvetsiya futbol terma jamoasining hozirgi sardori[5].
Klubdagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Linköpings
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnatsevar markaziy yarim himoyachi Seger 2005-yildan 2009-yilgacha Linköpings klubida oʻynagan va klub sardori sifatida faoliyat yuritgan. Linköpings Segerning jamoa bilan oʻtkazgan besh mavsumining toʻrttasida Damallsvenskanning kuchli toʻrttaligiga kirgan. Ularning eng yuqori natijalari 2008-yilda ikkinchi oʻrin va 2009-yilda birinchi oʻrinni egallagan. Jamoa shuningdek, 2006, 2008 va 2009-yillarda uch marta Svenska Kupenini qoʻlga kiritgan.
Linköpingsda oʻynab Seger 2005-yilda Damallsvenskanning Yilning eng yaxshi yangi futbolchisi va 2006 va 2009-yillarda Yilning eng yaxshi yarim himoyachisi unvoniga sazovor boʻlgan[6].
Jamoa ikkinchi oʻrinni egallab, UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgach, Seger 2008-yilning kuzida Linköpings bilan yangi bir yillik shartnoma imzoladi[7] U jamoa bilan yakuniy musobaqasida klubni liga va kubokga qadar olib chiqqanidan faxrlanardi. Seger, shuningdek, 2009-yilda Shvetsiyalik ayollar oʻrtasidagi yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Diamantbollen sovrinini qoʻlga kiritdi[8].
Segerning Linköpings uchun oxirgi oʻyini 2009-10-UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida Duysburgdan 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan edi[9]
Amerika Qoʻshma Shtatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil sentabr oyida Philadelphia Independence jamosini kengaytirish maqsadida Segerga taklif kiritdi[10] 2009-yil dekabr oyida u Filadelfiya bilan uch yillik shartnoma imzoladi[11]. Uning Philadelphia Independence bilan birinchi mavsumi 2010-yil aprel oyida boshlangan va WPS chempionati oʻyinida FC Gold Pride jamoasiga 4 – 0 hisobidagi magʻlubiyat bilan yakunlangan. Seger 18 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi[12]. Mavsumdan soʻng tovonidan jarohat olib operatsiya qilindi[13].
Seger 2010-yil dekabr oyida Western New York Flash jamoasiga almashtirildi. U WPS-dagi birinchi mavsumida franchayzaga qoʻshildi va kapitanning tasmasini taqdi[14]. 2011-yil 14-avgustda Seger boshchiligidagi Flash ligadagi eng yaxshi rekordni qoʻlga kiritdi, 27-avgust kuni liga chempionligi uchun oʻz uyida oʻynadi. Ular Segerning sobiq klubi Filadelfiya Independensni Chempionship oʻyinida, 1:1 hisobidagi durangdan keyin PKda 5:4 hisobida magʻlub etishdi.
Seger mavsum davomida FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib oʻtgani tufayli Flash jamoasi safida atigi 12 ta oʻyin oʻtkaza oldi xolos. U beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Murabbiy Aaran Lins Segerning hissasidan juda mamnun edi, ammo uning shartnomasida bir yildan soʻng AQShdan tashqaridagi jamoaga ketishi nazarda tutilgan band bor edi, ana shu bandni shartnomadan chiqarib tashlashga qilingan harakatlarning bari besamar ketdi[15].
Tyresö FF
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yil avgust oyida Seger 2011-yilgi Damallsvenskan mavsumining qolgan qismida oʻynash uchun LdB FC Malmö jamoasiga qisqa muddatli shartnoma asosida qoʻshilishini e’lon qildi, garchi u keyingi manzili haqida bir qarorga kelmagan boʻlsada[16]. Oʻsha oyning oxirida Seger 2012 Damallsvenskan mavsumida boshlash uchun Tyresö FFga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshilishi tasdiqlandi[17]. Uning yettita liga oʻyinida kiritgan uchta goli Malmyoga 2011-yilda Damallsvenskan chempionligini qoʻlga kiritishga yordam berdi.
Seger oʻzining uchinchi Damallsvenskan unvonini 2012-yilda Tyresyoning soʻnggi kuni Malmyo ustidan qozongan dramatik gʻalabasidan keyin qoʻlga kiritdi. Segerning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytgach, Madlen Edlund gʻalaba golini kiritdi[18]. Seger va Tyresyo Svenska kubogi finalida Kopparbergs/Göteborg FC tomonidan qoʻshimcha boʻlimdan keyin 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi[19]. 2014-yil boshida Tyresyo moliyaviy qiyinchilikka uchragani Seger va uning boshqa yetakchi oʻyinchilarini saqlab qola olmasligi maʼlum boʻldi[20].
2014-yilning may oyida Segerga Milliy Ayollar Futbol Ligasida oʻynash (NWSL) huquqini qoʻlga kiritgan Sietl Reign FC murojaat qilgan va yana ikki Amerika jamoasi qiziqish bildirgan. U shuningdek, Parij Sen-Jermen Feminines bilan transfer muzokaralarini ham boshlagan edi[21].
Parij Sen-Jermen
[tahrir | manbasini tahrirlash]Seger 2014-yil iyun oyida Parij klubiga oʻtib, ikki yillik shartnoma imzoladi. U Tyresyo ligani tark etgani va barcha oʻyinchilarni qoʻyib yuborganligi sababli klubni tark etgan edi[22].
Olimpique Lyon
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yil 2-iyul kuni Lyon Olimpique Seger bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[23]. 2016/17-yilgi mavsumda Seger Lionga ayollar 1-divizioni, ayollar kubogi va UEFA ayollar chempionlar ligasida gʻalaba qozonishga yordam berdi[24].
FC Rosengård
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilda Seger Shvetsiyaga qaytib, Damalsvenskan ligasida Rosengård klubiga qoʻshildi[25]. U Rosengårdga Svenska Cupen Damerni yutib olishga va ligada ikkinchi oʻrinni egallashga yordam berdi[26].
Xalqaro karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Seger 2005-yilning mart oyida Shvetsiya terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushgan oʻsha yilgi Algarve kubogida Germaniyadan 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan. U Shimoliy-Gʻarbiy Angliyada boʻlib oʻtgan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2005 musobaqasida gʻalaba golini urish niyatida edi. Seger jamoa tarkibida boʻlsa-da, u gol ura olmadi, chunki Shvetsiya yarim finalning qoʻshimcha taymlarida raqibi Norvegiyaga magʻlub boʻldi[27].
Seger yangi bosh murabbiy Tomas Dennerbi qoʻl ostida sayqallnib oʻzining yangi qirralarini ochib borishda davom etdi va 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining birinchi bosqichida hayratlanarli tarzda magʻlubyatag uchragan Shvetsiya jamoasining asosiy tarkib oʻyinchisi edi. Oʻsha muvaffaqiyatsizlikdan soʻng baʼzi tajribali futbolchilar isteʼfoga chiqdi va Segerga jamoada muhim oʻrin berildi[28]. 2008-yil iyul oyida u son jarohatini yengib oʻtib, 2008-yilgi Pekin Olimpiadasi uchun terma jamoadan joy oldi[29]. Xitoyda u shvedlarning chorak finalida Germaniyaga 2 – 0 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.
Segerning oʻyin tezligi va ijobiy munosabatidan hayratda qolgan Dennerbi uni 2008-yil may oyida Italiya terma jamoasi sardori Viktoriya Sandell Svensson jarohat olgan paytda saralash oʻyiniga terma jamoa sardori etib tayinlagan edi[30]. Sandell Svensson UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009 chorak finalida Shvetsiyaga Norvegiyaga 1:3 hisobida magʻlub boʻlganidan keyin isteʼfoga chiqdi va Seger toʻliq sardorlik lavozimini egalladi[31].
Seger 2011-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Shvetsiyani uchinchi oʻringa olib chiqdi. U Shvetsiyani Frankfurtda yakuniy gʻolib Yaponiyaga qarshi 3 – 1 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda jamoaga sardorlik qilgan. Shvetsiya Sinsheymda Fransiyani 2 – 1 hisobida magʻlub etib, uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi, biroq Seger oyogʻidan jarohat olib, oʻyinni oʻtkazib yubordi. Uchinchi oʻrin Shvetsiyaga 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtadigan futbol Olimpiadasi turniriga yoʻllanmani ham taʼminladi. Dennerbi Segerni Shvetsiyaning Londonga boradigan olimpiya terma jamoasida saqlab qoldi[32], u yerda Shvetsiya chorak finalda Fransiyaga magʻlub boʻldi.
2012-yil oktabr oyida milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Pia Sundxage Seger va Lotta Shelin sardorl boʻlishiga qaror qildi[33]. Sandxeyj Segerni Shvetsiya mezbonlik qilgan UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 uchun qaydnomaga kiritdi[34]. Yarim finalda Shvetsiya Germaniyaga 0:1 – magʻlub boʻlganida Segerning hafsalasi pir boʻldi[35].
Seger 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Shvetsiya terma jamoasi safida barcha 6 oʻyinda maydonga tushdi va Germaniyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgach, kumush medalni qoʻlga kiritdi[36].
Lotta Shelin xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlaganidan soʻng Seger terma jamoa sardori boʻldi.
Seger Shvetsiyani 2019-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga olib chiqdi. 2019-yil 6-iyul kuni Seger Shvetsiya bilan Angliyaga qarshi 200-uchrashuvini oʻtkazdi. Uchrashuv Shvetsiyaning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlanib, Shvetsiya jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi[37].
Gol |
Sana | Manzil | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
2 | 2006-06-18 | Minsk, Belarus | Belarus | 0-3 | 0-6 | 2007-yilgi jahon chempionati saralashi |
5 | 2009-08-25 | Turku, Finlandiya | Rossiya | 3-0 | 3-0 | UEFA ayollar Yevro-2009 |
13 | 2012-03-31 | Malmö, Shvetsiya | Kanada | 1-0 | 3-1 | Oʻrtoqlik |
14 | 2013-07-04 | Ljungskile, Shvetsiya | Angliya | 3-1 | 4-1 | |
19 | 2015-03-04 | Vila Real de Santo Antonio, Portugaliya | Germaniya | 2-1 | 2-4 | 2015-yil Algarve kubogi |
20 | 2-3 | |||||
22 | 2015-10-27 | Gothenburg, Shvetsiya | Daniya | 1-0 | 1-0 | Yevro-2017 saralashi |
23 | 2016-03-05 | Rotterdam, Niderlandiya | Shveysariya | 2016 UEFA ayollar olimpiya saralash turniri | ||
24 | 2017-06-13 | Växjö, Shvetsiya | Shotlandiya | Oʻrtoqlik | ||
25 | 2017-10-24 | Borås, Shvetsiya | Vengriya | 4-0 | 5-0 | JCH-2019 saralashi |
26 | 2018-04-05 | Szombathely, Vengriya | 0-1 | 1-4 | ||
28 | 2019-09-03 | Liepaya, Latviya | Latviya | 1-3 | Yevro-2022 saralashi |
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]U ilgari professional futbolchi Malin Levenstad bilan munosabatda boʻlgan[38].
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Linköpings FC
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Damalsvenskan : 2009-yil
- Svenska Kupen : 2006, 2008, 2009-yillar
- Svenska Superkubogi : 2009-yil
Gʻarbiy Nyu-York Flash
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ayollar professional futboli : 2011-yil
LdB FC Malmö
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Damalsvenskan : 2011-yil
- Svenska Superkubogi : 2011-yil
Tyresö FF
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Damalsvenskan : 2012-yil
Olimpique Lyon
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1-divizion Ayollar : 2016–17
- Coupe de France Feminine : 2017
- UEFA ayollar chempionlar ligasi : 2016–17
Mamlakat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shvetsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati Uchinchi oʻrin: 2011, 2019
- Yozgi Olimpiya oʻyinlari kumush medali: 2016, 2020[39]
- Algarve kubogi (2005-yildan 2015-yilgacha qatnashgan): 2009-yil
Shvetsiya U19
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Skandinaviya kubogi: 2004-yil 2 -oʻrin sohibi[40]
- Shvetsiya U17
- Nordic kubogi : 2001, 2002[41]
Shaxsiy yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shvetsiyaning eng yaxshi oʻyinchisi ; 2005-yil
- Shvetsiyaning eng yaxshi yarim himoyachisi: 2006, 2009, 2010, 2014, 2015
- Diamantbollen : 2009-yil
- FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati yulduzlar jamoasi : 2011-yil
- Turnirning UEFA tarkibi : UEFA Ayollar Yevro-2013
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Goalscorers“. UEFA. Qaraldi: 18-sentabr 2011-yil.
- ↑ „List of Players - 2015 FIFA Women's World Cup“. Fédération Internationale de Football Association. 10-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2015-yil.
- ↑ „Profile“ (shvedcha). Svenska Fotbollförbundet. Qaraldi: 25-iyun 2015-yil.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 „Caps and goals“. 7-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2022-yil.
- ↑ „Seger: Favourites tag reflects Sweden’s shifting status“ (inglizcha). FIFA. Qaraldi: 15-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Övriga utmärkelser“ (shvedcha). Swedish Football Association. Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ „Linköpings Fotboll Club“. Linkopingfc.com (6-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2011-yil.
- ↑ „Diamantbollen“ (sv). Swedish Football Association. 21-noyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2011-yil.
- ↑ Agö. „Caroline Seger taggar för en sista vinst“ (shvedcha). Dagens Nyheter (10-noyabr 2009-yil). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ „BUILDING A TEAM New Philly coach Riley: 'We're starting from scratch. We have nothing to lose'“. Bigapplesoccer.com (4-sentabr 2009-yil). 18-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2011-yil.
- ↑ „Caroline Seger Officially Signs 3 Year Contract During Visit to Philadelphia | Philadelphia Independence“. Wpsphillyindependence.com (30-yanvar 2010-yil). 6-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2011-yil.
- ↑ „Caroline Seger traded from Philadelphia to WNY Flash“. Our Game Magazine (19-dekabr 2010-yil). Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ Larsson. „Seger kräver 110 procent“ (shvedcha). Dagens Nyheter (20-iyun 2011-yil). Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ „WNY acquire Caroline Seger; sign USNT Player Yael Averbuch; Western New York Flash“. Wnyflash.com (20-dekabr 2010-yil). 31-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2011-yil.
- ↑ Di Veronica. „Flash lose Captain Caroline Seger to Swedish team“. Democrat and Chronicle (1-sentabr 2011-yil). 18-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ Dutt. „Malmö strengthen with Seger“. UEFA (26-avgust 2011-yil). Qaraldi: 26-avgust 2011-yil.
- ↑ Lindmark. „Caroline Seger till Tyresö 2012“ (shvedcha). Swedish Football Association (31-avgust 2011-yil). Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ Cleris. „Tyresö vann SM-guld efter dramatik“ (shvedcha). Dagens Nyheter (3-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 29-avgust 2013-yil.
- ↑ Averbuch, Yael. „Small Team With Enormous Heart“. The New York Times (18-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ Edwinsson, Lisa. „Marta lämnar Tyresö“ (shvedcha). DN.se (8-aprel 2014-yil). Qaraldi: 28-aprel 2014-yil.
- ↑ Nilsson, Alva. „Seger på nytt om PSG-ryktet“ (shvedcha). Damfotboll.com (15-may 2014-yil). 2-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ „Seger signs for Paris Saint-Germain“ (fransuzcha). Paris Saint-Germain F.C. (5-iyun 2014-yil). 29-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2014-yil.
- ↑ „Mercato : Cinq nouvelles joueuses rejoignent l'OL Féminin“ (fransuzcha). Olympique Lyonnais (2-iyul 2016-yil). Qaraldi: 27-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Summary - Feminine Division 1 - France - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
- ↑ Salomonsson. „Caroline Seger till Rosengård“. gp.se (9-avgust 2017-yil).
- ↑ „Sweden - C. Seger - Profile with news, career statistics and history - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
- ↑ „Caroline Seger“. UEFA. 18-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ Molinaro, John F.. „Caroline Seger part of Sweden's new generation“. CBC Sports (15-iyun 2011-yil). Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ „Dam: Caroline Seger tror på spel i OS“ (shvedcha). Swedish Football Association (15-iyul 2008-yil). Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ „Kapten Seger redo att segra“ (shvedcha). Sveriges Television (6-may 2008-yil). Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ Bengtsson, Janne. „Seger ny landslagskapten“ (shvedcha). Svenska Dagbladet (5-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ „Women's Olympic Football Tournament London 2012 – List of Players Sweden“. FIFA (24-iyul 2012-yil). 4-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2013-yil.
- ↑ „Seger och Schelin nya lagkaptener“ (shvedcha). Swedish Football Association (21-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ „Sjögran och Hjohlman i Sundhages EM-trupp“ (shvedcha). Swedish Football Association (25-iyun 2013-yil). Qaraldi: 25-iyun 2013-yil.
- ↑ Gatu. „Seger:"Just nu är allt tomt"“ (shvedcha). Sydsvenskan (25-iyul 2013-yil). Qaraldi: 18-may 2014-yil.
- ↑ „E.Rubensson“. Qaraldi: 4-avgust 2018-yil.
- ↑ „Caroline Segers milstolpe – gör sin 200:e landskamp“ (shvedcha). aftonbladet.se (6-iyul 2019-yil).
- ↑ Sweden Captain Caroline Seger & Malin Levenstad Broke Up...heavy.com › Sports
- ↑ „Canada beat Sweden on penalties to win gold“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
- ↑ „Nordic Cup (Women U-20/U-21/U-23)“. www.rsssf.com.
- ↑ „Nordic Cup (Women U-17)“. www.rsssf.com.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Caroline Seger(fransuzcha)
- Paris Saint-Germain Féminines veb sayti[sayt ishlamaydi]