Gyoteborg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gyoteborg, Yyoteborg (got qalʼasi; germanlarning got qabilasi nomidan) — Shvetsiyaning jan.-gʻarbidagi shahar. Gyota-Elv daryosining Kattegat boʻgʻoziga quyilish joyida. Gyoteborg-Boxus lenining maʼmuriy markazi. Aholisi 433 ming kishi (1997, shahar atrofi bilan 761 ming kishi). G.ga 17-asr boshida asos solingan. 18—19-asrlarda tashqi savdo shahri sifatida tez oʻsdi. 18-asr oxirida Gyote kanali qazilgach, G.ning transport mavqei yanada yaxshilandi. G. aholisining soni va sanoat mahsuloti i. ch. boʻyicha Shvesiya poytaxtidan keyin 2-oʻrinda. G. portining yillik yuk ortib tushirishi 25 mln. t T.y. va suv yoʻllarining muhim tuguni. Asosiy sanoat tarmoklari: mashinasozlik (jumladan avtomobilsozlik), metallsozlik, kemasozlik (mamlakatda quriladigan kemalarning 2/3 qismi), toʻqimachilik sanoatlari. Elektrotexnika uskunalari, sharikli podshipniklar, dizel dvigatellari va turli xil mashinalar ishlab chiqariladi. Ip gazlama, trikotaj, tikuvchilik f-kalari, neftni qayta ishlovchi zavod; universitet, politexnika va savdo institutlari, muzeylar, sobor (1802—15 y.lar) bor. Har yili xalqaro sanoat yarmarkalari oʻtkazib turiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil