Kontent qismiga oʻtish

Buyuk kanal

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Buyuk kanal (xitoycha Dayunxe — kemalar qatnaydigan daryo) — kema qatnaydigan kanal, Xitoyning yirik gidrotexnika inshootlaridan biri. Ikki yirik Tyanszyan va Shanxay portlarini bogʻlaydigan kanal. Pekin shahri yaqinidan boshlanadi, Xuanxe, Xuayxe va Yanszi daryolarini kesib oʻtib, Xanchjourigacha keladi. Uzunligi 1782 km. Buyuk kanalga tabiiy suv yoʻllaridan — Bayxe daryosi, Veyshanxu koʻli va boshqa suv havzalari ham kiradi. Buyuk kanal miloddan avvalgi VI asrda qazila boshlagan kanallar oʻrnida XIII asrda qurib tugallandi. Keyingi yillarda qisman rekonstruksiya qilindi. Asosiy portlari: Yanchjou, Suchjou, Usi, Xanchjou. Asosan koʻmir, don, paxta, yogʻoch tashiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil