Butunjahon tozalik kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Butunjahon tozalik kuni
Soha Ekologiya
Oʻtkazilgan joyi Butun dunyo boʻylab
Davomiyligi 24 soat
Ilk Marotaba 15-sentabr,2018-yil
Soʻngi bor 16-sentabr,2023-yil
Tashkilotchi Let's Do It! World
Qatnashuvchilar (25000000) (2021)
Sayt worldcleanupday.org
Butunjahon tozalik kuni

Butunjahon tozalik kuni–dengiz axlatlari muammosini oʻz ichiga olgan va barcha qattiq chiqindilar muammosiga qarshi kurashishga qaratilgan har yili oʻtkaziladigan global ijtimoiy harakat dasturidir. Ushbu ijtimoiy harakat Let's Do It! World xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil qilinadi. Tashkilotning bosh ofisi Estoniya poytaxti Tallin shahrida joylashgan.

Butunjahon tozalik kuni sochilib yotgan chiqindilarni tozalash va yigʻish mashgʻulotlarini har bir vaqt mintaqalari boʻylab oʻz ichiga oladi. Atrof-muhitni tozalash tadbiri Gavayi va Amerika Samoasidagi kun yakunlanadigan vaqt qadar har bir davlatda davom etadi.

Maqsadi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butunjahon tozalik kuni bartaraf etishga intilayotgan ifloslanishga misol.

Butunjahon tozalik kuni har yili sentyabr oyining uchinchi shanbasida 24 soat davomida oʻtkaziladi. Butunjahon tozalik kuni jamiyatning barcha qatlamlarini, tozalash tadbirlarida faol ishtirok etishga safarbar qilish orqali chiqindilarni notoʻgʻri joyda qoldiris oqibatu haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan. Insonlar, hukumatlar, korporatsiyalar va tashkilotlarni tozalash ishlarida qatnashishga va notoʻgʻri joyga tashlangan chiqindilar bilan kurashish uchun yechim topishga chaqiriladi. Butun dunyoda Butunjahon tozalik kuni tadbirlarini tashkil etuvchi va oʻtkazuvchi koʻplab tashkilotlar mavjud. Xalqaro Yer kuni singari, Butunjahon tozalik kuni ham betaraf, siyosatga aloqasi yoʻq va hech qanday davlat yoki global siyosiy partiya yoki muayyan mafkura bilan bogʻliq emas[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi marotaba Butunjahon tozalik kuni 2018-yil 15-sentabrda boʻlib oʻtgan, biroq u avvalgi global tozalash ishlari muvaffaqiyatiga asoslanadi. 2018-yilgi Butunjahon tozalik kunining maqsadi dunyo aholisining 5 foizini (yoki taxminan 380 million kishi) jalb qilish edi biroq saʼy-harakatlar kutilgan natijada bermagan boʻlsa-da, butun dunyo boʻylab 18 million odamni bevosita birlashtirdi.

2019-yilgi Butunjahon tozalik kuni 19-sentabrda, Xalqaro tinchlik kuni va 2019-yil sentabrdagi Global iqlim zarbasi kuniga toʻgʻri keldi.

Global tozalash ishlari insoniyat tarixi davomida turli xil koʻrnishlarda boʻlgan, ayniqsa zilzilalar, toshqinlar va kuchli tsunamilar kabi keng koʻlamli falokatlardan keyin tozalashlar birinchi koʻrinishidir[2].

Zamonaviy tarixda bu saʼy-harakatlar odatda turli xalqaro tashkilotlar va Nodavlat notijorat tashkilotlari, masalan, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Harakati, Oksfam va boshqa insonparvarlik yordami tashkilotlari koʻmagida, odatda urush yoki muammodan aziyat chekkan hududlarda jabr koʻrgan aholi tomonidan amalga oshiriladi. Bularga minalardan tozalash, plyajlarni tozalash va boshqa kiradi.

Ishtirokchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butunjahon tozalik kuni ishtirokchilari odatda volontyorlar boʻlib, Nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamjihatlikda xabardorlikni oshirish, tashkil qilish va xayriya uchun pul mablagʻlarni yigʻishda koʻmak berishadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „'Communities will be united': Groups around Ireland to take part in World Cleanup Day“ (Inglizcha). thejournal (9-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
  2. „After the 2004 tsunami: rebuilding lives, salvaging communities“ (Inglizcha). theguardian. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.