Xalqaro Yer kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalqaro Yer kuni
Xalqaro Yer kuni
kunning ramziy bekgisi oq fonda tasvirlangan Θ yunon harfi hisoblanadi
Turi Ekologik
Boshlanishi 1971-yilda
Sana 22-aprel

Xalqaro Yer kuni (inglizcha: Earth Day) odamlarni Yer sayyorasidagi nozik va himoyasiz muhit haqida ko‘proq xabardor bo‘lishga undash uchun bahorda o‘tkaziladigan turli tadbirlarga ishora qilish uchun ishlatiladigan ramziy nomdir. Tadbir birinchi marta „Xalqaro Yer kuni“ tarmog‘i tomonidan tashkil etilgan[1][2]. „Xalqaro Yer kuni“ning ikkita asosiy sanasi mavjud: mart (bahorgi tengkunlikka yaqinroq sanada) va 22-aprel. Shuningdek, ko‘plab boshlang‘ich tashkilot aʼzolari va tashabbuskor guruhlar hozirda issiq ob-havo va odamlarning bo‘sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida yoz kunlarida ham Yer kuni munosabati bilan bir qator tadbirlarni rejalashtirmoqda va o‘tkazib kelmoqda.
Sovuq koinot o‘rtasida o‘zining juda zaif hayot yuki bilan uchib, aylanib yuradigan bizning kosmik kemamiz bo‘lmish go‘zal Yer sayyoramizda faqat tinchlik va quvnoqlik hukm surgan Yer kunlari bo‘lsin …
BMT Bosh kotibi U Tan, 1971-yil 21-mart.


Xalqaro Yer kuni — Tengkunlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro Yer kuni ko‘plab mamlakatlarda bahor (Shimoliy yarimsharda) yoki kuz (janubda yarimsharda) boshlanishini nishonlash maqsadida bahorgi tun bilan kun tenglashgan kunda nishonlanadi.

Xalqaro Yer kuni — 22-aprel[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu kunda  o‘tkaziladigan „bir martalik“ aksiyasi ilk bor 1970-yilda AQShda o‘tkazilgan. Aksiyaning muvaffaqiyatli natijasi tashkilotchilarni ilhomlantirgan va shundan beri tadbir har yili muntazam o‘tkazilib kelinadi. Amerikalik taniqli siyosatchi va senator Geylord Nelson Garvard universiteti talabasi Dennis Xeys boshchiligida talabalar guruhini tuzgan. Talabalarning faol ishtirokida amalga oshirilgan ushbu tashabbus ko‘pchilikning eʼtiborini tortgan.

Senator va uning „shtab“ida ommaviy tadbirlarni tashkil etish uchun yetarli vaqt va mablag‘ yo‘qligiga qaramay, Geylord Nelson va uning jamoasi buning uddasidan chiqqan (masalan, 20 million atrofida ishtirokchilar va yuzlab maktablar bu loyihaga qo‘shilgan). G. Nelson bu tadbir xususida quyidagi fikrlarni bildirgan: „Yer kuni o‘zini o‘zi tashkil qildi“.

1971-yilda birinchi tadbirning muvaffaqiyati tufayli senator Nelson „Yer haftaligi“ ni (aprel oyining 3-haftasida) AQSh aholisi orasida juda mashhur bo‘lgan yillik tadbir sifatida eʼlon qilgan.

SSSRda birinchi marta Yer kuni 1990-yilda Pyatigorskda nishonlangan.

Yer kunining 20 yilligi munosabati bilan SSSR, AQSH va Xitoy alpinistlaridan tuzilgan jamoa Everest choʻqqisiga ko‘tarilgan[3].

Yer kunini tashkillashtirish tashabbusi natijasida yuzaga kelgan jamoat va siyosiy faollikdan so‘ng, Qo‘shma Shtatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘plab qonunlar va aktlar qabul qilingan (masalan, mashhur Toza havo qonuni). Rossiyada Yer kuni atrof-muhit xavf-xatarlaridan himoya qilish kunlari doirasida nishonlanadi.

2009-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi ,,Xalqaro Ona Yer kuni"ni eʼlon qilib, uni 22-aprelda nishonlashni taklif qilgan.

Ramziylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yer kurrasi bayrog‘i

Yer sayyorasi bayrog‘i biror bir tashkilotning rasmiy ramzi hisoblanmaydi (chunki hech qanday rasmiy sayyora hukumati yoki davlati yo‘q). Bu sayyoraning koinotdan olingan surati (hozirda Apollon 17 astronavtlari Oyga yo‘l olganlarida olingan suratdan foydalanilmoqda)bo‘lib, to‘q ko‘k fonda. Bayroq Yer kuni va boshqa turli ekologik, tinchlikparvar va fuqarolik xalqaro tadbirlari bilan anʼannaviy bog‘lanadi.

Xalqaro Yer kunining ramzi oq fondagi yashil hoshiyali yunoncha Θ (Teta) harfi hisoblanadi. Qizig‘i shundaki, bu ramz Esperanto yubiley ramzi bilan deyarli bir xil.

Yer kunida tinchlik qoʻngʻirogʻi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yer kunida dunyoning turli mamlakatlarida anʼanaviy tarzda „Tinchlik qo‘ng‘irog‘i“ yangraydi. Bu Yer ahlini global hamjamiyatni his qilishga va sayyoramizda tinchlikni himoya qilish, shu bilan birgalikda, umumiy uyimiz go‘zalligini saqlash uchun saʼy-harakatlarni amalga oshirishga chaqiradi. Tinchlik qo‘ng‘irog‘i barqarorlik, osoyishta hayot va xalqlar do‘stligi, azaliy birodarlik va hamjihatlik ramzidir. Shu bilan birga, bu Yer yuzida tinchlik va hayotni saqlash, insonniylik va madaniyatni asrash yo‘lidagi harakatga daʼvatdir.

Birinchi Tinchlik qo‘ng‘irog‘i BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida 1954-yilda o‘rnatilgan. U turli qitʼalardagi bolalar tomonidan sovg‘a qilingan tangalardan zarb qilingan bo‘lib, Yer xalqlarining global birdamligi ramzi hisoblanadi. Unda orden va medallar, ko‘plab mamlakatlar xalqlarining boshqa faxriy belgilari ham birlashtirilgan. Qo‘ng‘iroq ustiga „Yashasin butun dunyoda umuminsoniy tinchlik“ degan yozuv bitilgan. 1996-yilda xuddi shu qo‘ng‘iroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Vena shahridagi qarorgohiga o‘rnatilgan. Tinchlik qo‘ng‘irog‘i Yaponiyaning ko‘plab shaharlarida, Germaniya (1989), Polsha, Turkiya (1989), Meksika (1990), Avstraliya (1992), Mo‘g‘uliston (1993), Filippin (1994), Kanada (1996), Braziliya (1997), Argentina (1998), Ekvador (1998), O‘zbekiston (2003) va boshqa mamlakatlarda ham o‘rnatilgan.

Rossiyada SSSR uchuvchi-kosmonavti, Sovet Ittifoqi Qahramoni A. N. Berezovoyning tashabbusi va homiyligi ostida 1998-yildan buyon Rerix xalqaro markazida  „Yer yuzida tinchlik qo‘ng‘irog‘i“ aksiyasi o‘tkazilib kelinmoqda. Moskvadagi birinchi Yer kunining tantanali ochilishida Sergey Petrovich Kapitsa shunday degan: „… Yer kuni bizning sayyoramiz, unda yashovchi odamlar, biz bir qismi bo‘lgan tabiat oldidagi mas’uliyat kunidir [4]“.

Moskvada o‘tkaziladigan „Yer yuzida tinchlik qoʻngʻirogʻi“ aksiyasi tashkilotchilari: Madaniyatni himoya qilish xalqaro ligasi, N. K. Rerix nomidagi xalqaro markaz-muzey, K. V. Frolov nomidagi „Bilim“ xalqaro gumanitar fondi, Rossiya kosmonavtika federatsiyasi, K. E. Siolkovskiy nomidagi Rossiya kosmonavtika akademiyasi. „Yer yuzida tinchlik qo‘ng‘irog‘i“ tantanali marosimida BMTning Moskvadagi Axborot markazi, YUNESKOning Moskva vakolatxonasi, Moskva hukumati vakillari, kosmonavtlar, taniqli fan va madaniyat arboblari ishtirok etadi. Bu kun mamlakatning barcha aholisi uchun juda muhim kun hisoblanadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yer soati
  • Tinchlik bayrogʻi
  • Simonov kuni
  • Xalqaro Ona Yer kuni

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Официальный сайт организации“. 2009-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Международные программы сети «День Земли»“ (ru). 2006-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 24-aprel.
  3. Горбенко М. М.. Восхождение мира на Эверест. Одесса: ОКФА, 1994. ISBN 5-7707-6304-3.  (Wayback Machine saytida 2018-11-15 sanasida arxivlangan)
  4. „«Altaypressa.ru»“. 2009-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 29-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]