Xalqaro tinchlik kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalqaro tinchlik kuni
Xalqaro tinchlik kuni
Rasmiy nomi The International Day of Peace
Turi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Deklaratsiyasi
Sana 21-sentyabr

Xalqaro tinchlik kuni (BMTning boshqa rasmiy tillarida: ing. International Day of Peace, arab. اليوم العالمي للسلام, ‎isp. Día Internacional de la Paz, xit. 国际和平日, fran. Journée internationale de la paix ) – 2002-yildan beri 21-sentyabr sanasida nishonlanib kelinadi. Ushbu sana BMT Bosh Assambleyasining 36-sessiyasida ma’qullangan (1981-yil 30-noyabrdagi A/RES/36/67-sonli rezolyutsiya).

Dastlab, bayram sentyabr oyining uchinchi seshanbasida – BMT Bosh Assambleyasi yillik sessiyasining ochilish kunida nishonlangan. 21-sentyabr Xalqaro tinchlik kunini nishonlash toʻgʻrisidagi qaror BMT Bosh Assambleyasining 55-sessiyasida qabul qilingan (2001-yil 28-sentyabrdagi A/RES/55/282-sonli maxsus rezolyutsiya).

Bosh Assambleya bu kunni butun dunyoda zo‘ravonlikdan voz kechish va o‘t ochishni to‘xtatish kuni deb eʼlon qilgan. Mazkur kunda barcha mamlakatlardan harbiy harakatlarni o‘tkazmaslik so‘ralgan.

Har yili 21-sentyabr kuni BMTda anʼanaviy tarzda Tinchlik qo‘ng‘irog‘i sadolari ostida boshlanadigan tantanali marosim va turli tadbirlar o‘tkaziladi. Marosimni BMT Bosh kotibi o‘z nutqi bilan boshlab beradi va shundan so‘ng qo‘ng‘iroqni chaladi. Bir daqiqalik sukutdan so‘ng BMT Xavfsizlik Kengashi raisi nutq so‘zlaydi. Shu kuni davlat ro‘yxatidan o‘tmagan qurollarni topshirish, daraxt ekish va sog‘lomlashtirish harakatlari hamda sport tadbirlari o‘tkaziladi.

Bugungi kunga kelib, Peace One Day (,,Tinchlik uchun bir kun”) notijorat tashkiloti dunyoda har yili nishonlanadigan o‘t ochishni to‘xtatish va zo‘ravonlikka qarshi kurashish kunini targ‘ib qiluvchi  nufuzli tashkilotga aylangan.

Xalqaro tinchlik kuni mavzulari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2022-yil – ,, Irqchilikka barham beraylik. Dunyo quraylik”;
  • 2021-yil – ,,Oldingidan ham yaxshiroq” prinsipi bo‘yicha qayta tiklash”;
  • 2020-yil – ,,Tinchlik uchun birgalikda”;
  • 2019-yil – ,,Tinchlik uchun iqlim harakati”;
  • 2018-yil – ,,Tinchlik huquqi: Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidan 70 yil o‘tgach”;
  • 2017-yil – ,,Tinchlik uchun birga: hammaga hurmat, xavfsizlik va qadr-qimmat”;
  • 2016-yil – ,,Barqaror rivojlanish maqsadlari: dunyoning qurilish bloklari”;
  • 2015-yil – ,,Tinchlik yo‘lida hamkorlik – barcha uchun munosib ishdir”;.
  • 2014-yil – ,,Xalqlarning tinchlik huquqi”;
  • 2013-yil – ,,Tinchlik yo‘lida ta’lim”;
  • 2012-yil – ,,Barqaror kelajak uchun barqaror dunyo”;
  • 2011-yil – ,,Tinchlik va demokratiya: o‘z fikringizni bildiring”;
  • 2010-yil – ,,Yoshlar tinchlik va taraqqiyot uchun”;
  • 2009-yil – ,,Qurolsiz hayot va birdamlik”;
  • 2008-yil – ,,Inson huquqlari va tinchlikni saqlash”;
  • 2007-yil –,,Tinchlik – Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng oliy chaqirig‘i”.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]