Kontent qismiga oʻtish

Butterflies

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Butterflies
: '
Rassom Vincent van Gogh
Yil 1889-yil may
Oqim Moyboʻyoqli rasm
Joylashuvi Van Gogh muzeyi, Amsterdam

Butterflies – Vincent van Gogh tomonidan 1889- va 1890-yillarda chizilgan rasmlar turkumi. Van Gogh ijodi davomida kamida toʻrtta kapalak va bitta kuya rasmini yaratgan. Kapalak qurtining kapalakka aylanishi Van Gogh uchun erkaklar va ayollarning oʻzgara olish qobiliyatining ramzi edi.

Kapalaklar va kuyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lepidoptera hasharotlar turkumida kapalaklar va kuyalar, odatda, bir necha jihatdan ajralib turadi: kapalaklar yorqinroq rangga ega va kunduzi uchib yuradi. Ularning qanotlari bir-biriga bogʻlanmagan va dam olish holatida boʻlganda esa ustma-ust taxlanadi. Boshqa tomondan, kuyalarning rangi odatda xiraroq, tunda uchadi va qanotlari bogʻlangan. Biroq, baʼzi istisno holatlar mavjud, masalan, rangli kuyalarning bir nechta turlari ham mavjud[1].

Kapalaklar mavzu sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kapalaklar sanʼat va adabiyotda koʻpincha erkinlik, oʻzgarish va hayotning ramzi sifatida uchraydi. Van Gogh esa oʻz asarlarida ulardan umid ramzi sifatida foydalangan[2].

Van Goghning sevimli metaforalaridan biri transformatsion imkoniyatlar haqida edi[3]. U singlisi Wilga yoʻllagan maktubida, xuddi lichinkalar barg ildizlarini yegandan soʻng, uni qoʻngʻizga aylanishiga olib keladigan oʻzgarishlarni bilmasdan turib biz ham metamorfoz potensialimizni bilmasligimizni aytadi. Xuddi shunday, u „rassom sifatida rasm chizishi kerak, ehtimol undan keyin boshqa narsa qila olishi ham mumkin“[4]. Fohishaxonalarda uchrashgan fohishalarni kuzatgach Van Gogh tanazzulga yuz tutgan har qanday ayol haqida fikr yuritgan: „U izlayapti, izlayapti, izlayapti – oʻzi nimani qidirayotgan ekanligini biladimi? Bir kun kelib u ham oʻzgarishi mumkinmi? Kapalakka aylanuvchi qurt kabi?“[3]. Van Gogh 1882-yilda Gaagada yashagan homilador Sien Hoornik va uning qizini qabul qilganida huddi shunday umidni xayoliga keltirgan boʻlishi mumkin[5].

Van Gogh oʻzining doʻsti Emile Bernardga yoʻllagan maktubida koinotda qanday imkoniyatlar mavjudligini ifodalab berish uchun qurtning kapalakka aylanish moʻjizasidan foydalanadi: „Ammo, son-sanoqsiz boshqa sayyoralar va quyoshda chiziqlar, shakllar va ranglar mavjud degan taxminni hech narsa inkor eta olmaydi. Biz kabi boshqa mavjudotda ham rasm chizish imkoniyatlari mavjudligi haqida fikr yuritib koʻrishimiz ham lozim, bu hodisa tufayli oʻzgargan mavjudot, ehtimol, qurtning kapalakka aylanishidan koʻra murakkabroq va hayratlanarliroq emas“[6].

Tinchlik kerak boʻlganda Van Gogh tasalli topish uchun tabiatga murojaat qilgan. U singlisi Wilhelminaga yozgan maktubida tinchlanish uchun oʻt-oʻlanga, archa shoxiga, bugʻdoy boshogʻiga qarashi yaxshi samara berganligini aytadi. „Agar xohlasangiz, rassomlar kabi borib, qizil va oq qizgʻaldoqlarga qarang, ularning zangori barglari, kurtaklari va chiroyli egilgan poyalaridan tasalli topasiz“ – deb taʼkidlaydi rassom[7].

Arlesda chizilgan rasmlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Van Gogh Fransiyaning janubidagi Arlesga 35 yoshida kelgan. U yerda oʻzining eng yaxshi asarlarini ishlab chiqarishni boshladi. Van Goghning eng taniqli suratlaridan biri boʻlgan Kungaboqarlar rasmlari aynan shu davrda yaratilgan. Bu yerda Van Gogh hayotining eng baxtli davrlaridan birini oʻtkizgan boʻlishi mumkin. U oʻziga ishongan, aniq fikrli va hayotidan mamnun boʻlganligi asarlarida ham oʻz aksini topgan[8]. Van Gogh akasi Theoga yoʻllagan maktubida shunday deb yozgan edi: „Hozirda chizilgan rasmlar yanada nozikroq boʻlishga vaʼda bergandek – koʻproq musiqaga va kamroq haykalga oʻxshaydi – va eng muhimi oʻziga xos rangni vaʼda qiladi.“ Tushuntirish vositasi sifatida Van Gogh rasmning musiqa kabi boʻlishi uning insonga tasalli berish qobiliyatini anglatishini keltiradi[8].

Grass and Butterflies

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arlesda chizilgan Grass and Butterflies shaxsiy kolleksiyaning bir qismidir[9].

Two White Butterflies

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligida kapalaklarga qiziqib qolgan Vincent Dethier entomolog boʻldi[10]. Miriam Rothschild yetmish yoshga toʻlgan kuni munosabati bilan taqdim etilgan sovgʻaga oʻz minnatdorchiligini Van Goghning rasmi orqali metaforik tarzda ifoda etdi: „Ikkita oq kapalak erkinlik va zavq bilan qanot qoqib uchib yuradi. Men uchun ular xayolparastlik timsoli – Vins Dethier bizning hayotimizga juda ayyorona singdiradigan sheʼriyatdir. Ushbu maxsus oq kapalaklar sovgʻasi uchun – barcha rasmiy va norasmiy talabalaringiz, oʻtmish, hozirgi va kelajak – Vince Dethier, sizga samimiy va chin yurakdan minnatdorchilik bildiraman“[11].

Two White Butterfliesning yana bir talqinida maysali dala ustida uchib yuradigan nozik oq kapalaklarning tasviri keltirilgan va ular insonda bir qancha tuygʻularni uygʻotadi[12].

Kapalak va bogʻ rasmlarining guruhlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jennifer Helvey, "Irises: Vincent van Gogh in Garden" kitobining muallifi stilistik oʻxshashlik tufayli Van Gogh Arlesda chizgan beshta bogʻ rasmini bir guruhga birlashtiradi. Ushbu guruhga ikkita kapalakli rasmlar kiradi: Two White Butterflies hamda Grass and Butterflies. U rasmlarning haqiqiydek tuyulishini va bogʻlarning tabiiy koʻrinishini taʼkidlaydi. Guruhdagi asarlarda rang palitrasi oʻxshashligi va choʻtkaning bir xil ritmda ishlatilganligi seziladi. Shuningdek, kitob nomidan koʻrinib turibdiki, rassomning Iris rasmi koʻproq oʻrganilgan: bu rasmda Iris markazda joylashgan yagona oʻsimlik hisoblanib, boshqa maysalar goʻyoki undan unib chiqayotgandek radiusda joylashtirilgan[13].

Helvey, shuningdek, Arlesda chizilgan ikkita kapalakli rasmlar va Saint-Rémyda chizilgan Tree Trunks in the Grass rasmi ishtirokida yana bir guruh tuzishni taklif qiladi:

Saint-Rémyda chizilgan rasmlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir yil davomida, 1889-yilning mayidan 1890-yilning mayigacha Van Gogh ixtiyoriy ravishda Arles yaqinidagi Saint-Rémydan boshpana olgan. Oʻsha vaqt davomida u koʻpincha boshpana hududida ishlash bilan cheklangan[14][15]. Boshpana hududida rassom pechak bilan qoplangan daraxtlar, sirenlar va bogʻ irislarini chizgan[15][16].

Green Peacock Moth

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1889-yil may oyida Van Gogh Green Peacock Moth ustida ishlay boshladi va u oʻzini „Oʻlim boshi kuyasi“ deb nomlagan. Oʻlim boshi deb ataladigan kuya kamdan-kam uchraydigan tungi kuyadir. U katta kuyalarning ranglarini „ajablanarli, qora, kulrang, bulutsimon oq rangga boʻyalgan yoki zaytundek yashil rangga boʻyalgan“ deb taʼriflagan[17]. Kuyadan teparoqda orqa fonda Arum maculatum oʻsimligini ham koʻrish mumkin. Kuya va orqa fondagi oʻsimliklarning kattaligi tomoshabinni asarga jalb qiladi. Ranglar jonli, Van Goghning ishtiyoqi va hissiy intensivligiga mos keladi[18]. Van Gogh muzeyida saqlanuvchi ushbu asarga Emperor Moth deb nom berishgan[19].

Poppies and Butterflies

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Van Gogh’s Flowers kitobi muallifi Debra Mancoff[20] Poppies and Butterflies kartinasiga shunday taʼrif beradi: „Yorqin qizil lolaqizgʻaldoqlar va och sariq kapalaklar buralib turgan qoramtir poyalar va boshini egib turgan gul kurtaklari yuzasida sariq-oltin fonda tasvirlangan. Garchi tabiiy uslubda chizilgan boʻlsa ham Van Goghning kartinadagi naqshlari qatlamlari toʻqimachilikda qoʻllaniladigan bezakka oʻxshab ketadi.“ Mancoff ushbu tadqiqotni oʻzini hayratga solgan yapon nashrlari bilan taqqosladi[21].

Butterflies and Poppies – Vincent van Goghning sanʼat asari. Rassom ushbu sanʼat asarini 1889-yilda tugatgan. Kartina tuvalga chizilgan hamda kapalaklar va lolaqizgʻaldoq rangidagi moyli boʻyoqlar bilan boʻyalgan. Vincent Butterflies and Poppiesni insonlar ongida toʻqimachilik mahsuli degan tuygʻuni yaratish uchun juda koʻp qatlamlardan foydalangan. Juda nozik choʻtka zarbalaridan foydalanish ham bu illyuziyani yaratishga yordam berdi. Vincent oʻzining „Butterflies“ seriyasini Fransiyaning janubidagi Arles shahrida „sariq uy“ni ijaraga olganida chizgan. Rassom bu paytda 35 yoshda edi, huddi shu davr uning ijod qilishi uchun eng yaxshi davri hisoblanadi. Ushbu manzilda yaratilgan yana bir seriya – „Kungaboqarlar“ seriyasidir.

Kapalaklar va tabiat haqidagi sheʼriy kitobi The Existential Butterflyda Curtis Farmwald Van Goghning Poppies and Butterflies kartinasi haqida yozgan[22]:

"Though it was painted
Years ago in another country
By the troubled Vincent van Gogh,
The painting could have been done
Right here sometime this summer.
I’ve seen red poppies like those
Growing wild just down the road.
Yellow sulphurs like those
Are all over my yard.
Can their beauty still inspire
A troubled soul to survive?"

1888-yilda Van Gogh yana rasm chizish istagi borligini bildirar ekan, Arlesga borganida kapalaklar yoki lolaqizgʻaldoqlar dalasining ham yaxshiroq versiyasini yaratishga umid qilishini aytadi[23].

Long Grass with Butterflies

[tahrir | manbasini tahrirlash]

London Milliy galereyasida van Goghning Meadow in the Garden of Saint-Paul Hospital deb ham ataladigan Long Grass with Butterflies rasmi saqlanadi[24]. Kartinada oʻrilmagan, baland boʻyli va begona oʻtlar bilan toʻlgan tashlandiq bogʻni koʻrish mumkin. Ushbu sanʼat asari rassomning Saint-Rémyda chizgan soʻnggi kartinasi ed[14].

Yoʻqolgan Butterfly rasmi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1888-yilda Van Gogh „son-sanoqsiz oq va sariq kapalaklar toʻdasi boʻlgan qushqoʻnmasni oʻrganish“ ustida ishlagan, ammo bu tadqiqotga oid rasm yoʻqolgan[25].

Kapalaklarni oʻz ichiga olgan rasmlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Pink Peach Tree in Blossom (Reminiscence of Mauve)
  1. „What are the differences between butterflies and moths?“. Australian Museum. Qaraldi: 2011-yil 19-aprel.
  2. Dole, J. Butterflies of Oklahoma, Kansas, and North Texas. University of Oklahoma Press, 2004 — 3 bet. ISBN 0-8061-3554-9. 
  3. 3,0 3,1 Gayford, M. The Yellow House: Van Gogh, Gauguin, and Nine Turbulent Weeks in Provence. Mariner Books [2006], 2008 — 7 bet. ISBN 978-0-618-99058-0. 
  4. Edwards, C. Van Gogh and God: A Creative Spiritual Quest. Chicago: Loyola Press, 1989 — 112 bet. ISBN 0-8294-0621-2. 
  5. Leaf, A. Van Gogh's Table: At the Auberge Ravoux. New York: Artisan, 2001 — 11–12 bet. ISBN 9781579653156. 
  6. {{{editor}}}: „Vincent van Gogh. Letter to Emile Bernard. Written 23 June 1888 in Arles“. Van Gogh Letters. WebExhibits (funded in part by U.S. Department of Education, Fund for the Improvement of Postsecondary Education). (2011). Qaraldi: 2011-yil 18-aprel.
  7. {{{editor}}}: „Vincent van Gogh. Letter to Wilhelmina van Gogh. Written 2 July 1889 in Saint-Rémy.“. Van Gogh Letters. WebExhibits (funded in part by U.S. Department of Education, Fund for the Improvement of Postsecondary Education). (2011). Qaraldi: 2011-yil 18-aprel.
  8. 8,0 8,1 Morton, M. The Arts Entwined: Music and Painting in the Nineteenth Century. New York: Garland Publishing, 2000 — 177–178 bet. ISBN 0-8153-3156-8. 
  9. „Grass and Butterflies“. Van Gogh Paintings. Van Gogh Gallery (2011). Qaraldi: 2011-yil 19-aprel.
  10. Gelperin, A. Biographical Memoirs. Washington, D.C.: National Academy of Sciences (U.S.), 2006 — 4, 8 bet. 
  11. National Academy of Sciences. Biographical Memoirs. Washington, D.C.: National Academy of Sciences (U.S.), 2007 — 91 bet. ISBN 978-0-309-11372-4. 
  12. Shoham, S. Art, crime, and madness: Gesualdo, Caravaggio, Genet, Van Gogh, Artaud. Brighton, England: Sussex Academic Press, 2002 — 150 bet. ISBN 1-903900-05-0. 
  13. Helvey, J. Irises: Vincent van Gogh in the garden. Los Angeles: J. Paul Getty Museum, 2009 — 50 bet. ISBN 978-0-89236-226-4. 
  14. 14,0 14,1 „Long Grass with Butterflies“. Paintings. The National Gallery, London. Qaraldi: 2011-yil 19-aprel.
  15. 15,0 15,1 „Heilbrunn Timeline of Art History“. Thematic Essay, Vincent van Gogh. The Metropolitan Museum of Art (2000–2011). Qaraldi: 2011-yil 25-mart.
  16. „The Therapy of Painting“. Van Gogh Museum. 2011-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-mart.
  17. {{{editor}}}: „Vincent van Gogh. Letter to Theo van Gogh. Written 22 May 1889 in Saint-Rémy“. Van Gogh Letters. WebExhibits (funded in part by U.S. Department of Education, Fund for the Improvement of Postsecondary Education). (2011). Qaraldi: 2011-yil 18-aprel.
  18. Strieter, T. Nineteenth-century European Art: A Topical Dictionary. Westport: Greenwood Press, 1999 — 53–54 bet. ISBN 978-0-313-29898-1. 
  19. „Emperor Moth, 1889“. Permanent Collection. Van Gogh Museum (2005–2011). 2024-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-aprel.
  20. Mancoff, D. Van Gogh's Flowers. London: Frances Lincoln Limited, 1999. ISBN 978-0-7112-2908-2. 
  21. Mancoff, D. „Vincent van Gogh Final Paintings“. HowStuffWorks. Publications International, Ltd. (2006–2011). Qaraldi: 2011-yil 19-aprel.
  22. Farmwald, C. The Existential Butterfly. Victoria, B.C.: Trafford Publishing, 2002 — 24 bet. ISBN 9781553696551. 
  23. {{{editor}}}: „Vincent van Gogh. Letter to Theo van Gogh. Written 24 March 1888 in Arles“. Van Gogh Letters. WebExhibits (funded in part by U.S. Department of Education, Fund for the Improvement of Postsecondary Education). (2011). Qaraldi: 2011-yil 18-aprel.
  24. „Meadow in the Garden of Saint-Paul Hospital“. Van Gogh Works. Van Gogh Gallery. Qaraldi: 2011-yil 18-aprel.
  25. {{{editor}}}: „Vincent van Gogh. Letter to Theo van Gogh. Written c. 21 August 1888 in Arles.“. Van Gogh Letters. WebExhibits (funded in part by U.S. Department of Education, Fund for the Improvement of Postsecondary Education). (2011). Qaraldi: 2011-yil 18-aprel.