Ottava (Kanada)
Ottava — Kanadaning poytaxti. Mamlakatning janubi-sharqiy qismida, Ottava daryosi va Rido kanali sohillarida, 72 m balandlikda, Ontario provinsiyasida. Iqlimi moʻtadil kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 11°, iyulniki 20,3°. Yillik yogʻin 879 mm. Aholisi 1,06 mln. kishi (2001), asosan, Yevropadan koʻchib borgan ingliz va fransuzlarning avlodlari.
Ottavaga 19-asrning 20-yillarida asos solingan va dastlab Baytaun deb atalgan. 1854-yilda shahar huquqini olgach, Ottava deb atala boshladi. 1858-yildan Angliya mustamlakasi, 1867-yildan Kanada poytaxti.
Ottava — mamlakatning siyosiy, madaniy va iqtisodiy markazi. Transport yoʻli va shosse yoʻllar tuguni, daryo porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Sellyuloza-qogʻoz, poligrafiya, toʻqimachilik, kimyo, mashinasozlik va metallsozlik, yogʻochsozlik, mebel, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. EHM, ilmiy asboblar va hokazolar ishlab chiqariladi. Ottavada Kanada Qirollik ilmiy jamiyati, Ottava va Karlton universitetlari, Kanada ilmiy tadqiqot kengashi (FA), ilmiy muassasalar, kutubxonalar, muzeylar, Milliy galereya (1880), rasadxona, Milliy sanʼat markazi bor. Shaharda bogʻ va gulzor koʻp[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Kanada geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |