Pichan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pichan — ekma yoki tabiiy oʻrilgan oʻtni quyosh nurida va shamollatib quritib tayyorlanadigan dagʻal xashak. Oʻrtacha namligi 15—17% ni tashkil etadi. Kuz-qish davrida hamda mollar bogʻlab boqilganda oʻtxoʻr hayvonlarning asosiy ozuqasi. Pichan tayyorlash chorva uchun ozuqa jamgʻarishning eng qad. va keng tarqalgan usuli. Botanik tarkibiga koʻra, Pichan dukkakli, gʻallagulli, dukkakli-gʻallagulli, aralash oʻtli, dukkakli aralash oʻtli turlarga boʻlinadi. Pichanning toʻyimliligi uning tarkibidagi turli oʻtlar, oʻsimliklar guruhlari nisbatlariga bogʻliq. Beda, vika, betaga, qoʻngʻirbosh, oqsoʻxta va boshqa oʻtlar Pichani eng qimmatli hisoblanadi. Choʻlda oʻsgan oʻtlar pichani botqokli pichan-zorlarnikidan ancha toʻyimliroq boʻladi. Dukkakdoshlar shonalayotgan yoki gullay boshlagan fazasida, gʻallagullilar boshoklayotganda oʻrilsa sifatli Pichan chiqadi. Pichanning toʻyimligiga oʻtlar bargining toʻkilmasligi ham taʼsir qila-di, chunki barglarda protein va mineral moddalar poyadagidagiga qaraganda ancha koʻp. 100 kg ekma dukkakli oʻtlar Pichan ida 50 ozuqa birligi, 9,2 kg hazm boʻluvchi protein, 1000—1500 g kalsiy, 200—220 g fosfor, karotin, V,, V2, D vitaminlari bor. Ekma gʻallagulli oʻtlar pichanida protein va kalsiy kam boʻladi. 100 kg oʻtloq pichanida urtacha 45,8 ozuka birligi, 4,9 xazm boʻladigan protein, 600 g kalsiy, 210 g fosfor bor.

Pichan mollarga toʻgʻridan-toʻgʻri (qayta ishlanmay), asosan, kavsh kaytaruvchi mollar va otlarga maydalangan holda aralash ozuqalarga qoʻshib beriladi. Pichanning sifati uning rangi, hidi, tozaligi va mayinligiga qarab anikla-nadi. Yaxshi pichan koʻk, sargʻish-koʻkboʻladi. Oʻz vaqtida yigʻishtirib olingan quruq Pichan baʼzi oʻtlarning oʻziga xos xushboʻy hidiga ega boʻladi. Agar uzoq vaqt quyosh nurida qolib ketsa sargʻayib, yomgʻir tekkan, nam holida yigʻishtirib olingan boʻlsa mogʻor xddli boʻlib qoladi. Pichan tashishga va saqlashga qulay boʻlishi uchun bogʻ qilib bogʻlanadi yoki mashinada presslanadi. Pichan maxsus shakllarda gʻaramlanadi. Gʻaramga bosilgan Pichan, massasini aniklashning eng toʻgʻri yoʻli tarozida tortishdir. Buning iloji boʻlmasa gʻaram hajmi anikdanadi. 1 m3 beda Pichani massasi oʻrtacha 75 kg deb qabul qilingan. Umumiy gʻaram miqdori shunga qarab hisoblab chiqiladi.[1]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil