Brazillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Brazillar - oʻzlarini brazilyenush deb ataydilar — xalq, Braziliyaning asosiy aholisi, shundan 139 mln. kishi Braziliyada yashaydi (1990- yillar oʻrtalari). Umumiy soni 149,4 mln. kishi. Paragvay, Argentina, AQSH va Portugaliyada ham yashaydilar. B. portugal tipivi soʻzlashadilar. Brazil millatining tashkil topishiga (16—19-asrlar) Yevropa mustamlakachilari — portugal, italyan, ispan, nemislar va Braziliyaning yerli kabilalari (tupiguarani, je, aravak, karib va boshqalar) hamda Afrikadan qul qilib olib kelingan negrlar (bantu, angola, eve, bengela va boshqalar) asos boʻlgan. Braziliyaning yerli aholisi (16-asrda 1 mln.ga yaqin) yevropaliklar mustamlakasi davrida qisman qirib tashlangan, qolganlari B. tarkibiga singib ketgan. Dindorlari asosan katoliklar, protestantlar ham bor, yerli xalqlar va negrlar oʻrtasida qad. diniy eʼtiqodlar, politeizmning belgilari uchraydi. Qishloq aholisining asosiy mashgʻuloti dehqonchilik (paxta, sholi, makkajoʻxori, kofe va boshqalar), chorvachilik (qoramol, yilqichilik), dengiz qirgʻogʻida yashovchilar esa baliq ovi bilan shugʻullanadi. BRAYL, B ray (Braille) Lui (1809.4.1, Kuvre 1852.6.1, Parij) fransuz tiflopedagogi, koʻrlar yozuvining ixtirochisi. 3 yoshligida koʻr boʻlib qolgan. Parijdagi koʻr bolalar institutida oʻqituvchilik qilgan. Oʻz nomi bilan ataladigan va hozirgi vaqtgacha koʻrlarning butun dunyoda qoʻllanilayotgan relyef nuqtali shriftini ishlab chikdan. B. shriftida bosilib chiqqan birinchi kitob "Fransiya tarixi"dir (1837). B. harf va rakamlardan tashqari xuddi shu prinsip asosida nota yozuvini ham ishlab chiqqan. B. isteʼdodli musiqachi boʻlgan, koʻrlarga musiqadan dare bergan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil