Bozorxonim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bozorxonim — Turkiston tizma togʻlari markazidagi dovon. Sangzor daryosi vodiysi (Samarqand viloyati) bilan Zarafshon daryosi vodiysining Tojikistonga qarashli qismini birlashtiradi. Zomin togʻoʻrmon davlat qoʻriqxonasi hududida joylashgzn. Mutlaq balandligi 3401 m. Dovon yon bagri ancha tik boʻlib, unga Boyqoʻngʻirsoy vodiysi boʻylab oʻtgan soʻqmoq yoʻldan boriladi. Dovonda iqlim sovuq, oʻrtacha yillik temperatura —1°, yiliga 700-800 mm yogʻin tushadi. B.dan Boyqoʻngʻirsoy boshlanadi. Dovondan yozning dastlabki kunlaridan boshlab kech kuzgacha piyoda va otda oʻtish mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil