Akvatoriya
Jump to navigation
Jump to search
Akvatoriya [lot. aqua – suv va (territoriya] – suv havzasi yuzasining 260bir qismi. Port akvatoriyasi deganda portning quruqlikdagi qismidan tashqari suv qismi tushuniladi. Gidro-aerodrom akvatoriyasi – suv yuzasining gidrosamolyotlar uchishi, qo‘nishi va langarda turishi uchun ajratilib, maxsus jihozlangan qismi. Yangi qurol va texnikani sinab ko‘rish uchun poligon sifa-tida foydalaniladigan suv maydoni ham A. deyiladi. Ba’zan A. harbiy kemalar turadigan joyni ham o‘z ichiga oladi. Dengiz xo‘jaliklari (baliqchilik, boshqa dengiz hayvonlarini ko‘paytirish, dengiz karami yetishtirish va boshqalar) rivojlanishi bilan turli xo‘jalik A.lari paydo bo‘lmoqda.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |