Pyatigorsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Pyatigorsk — Rossiya Federatsiyasi Stavropol ulka-sidagi shahar (1830-yildan). Kavkaz Mineral Suvlari guruhidagi balneologik va balchiq kurorti. Podkumok daryosi boʻyida, Mashuk togʻi yon bagʻrida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 133,3 ming kishi (1998). Sanoati, asosan, kurort ehtiyoji uchun xizmat qiladi (oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari), shuningdek, elektromexanika va qishloq xoʻjaligi mashinalari zavodlari bor. Ped. va farmatsevtika institutlari, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi, M.Yu.Lermontov davlat muzey-qoʻriqxonasi mavjud.

Yozi iliq (iyulning temperaturasi 22°), qishi moʻʼtadil yumshoq (yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —4°); yillik yogʻin 475 mm. Harakat va tayanch organlari, mar-kaziy va periferik asab sistemasi, teri, ginekologik kasalliklar, shuningdek, yurak-tomir sistemasi, hazm organlari kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlar davolanadi. Davolash vannalari bor. Tarixiy meʼmoriy yodgorliklardan "Eol arfasi" shiyponchasi (1828), "Diana groti" (1830—31) mavjud.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil