Boris Berezovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Boris Abramovich Berezovskiy
Asl ismi Борис Абрамович Березовский
Tavalludi sanasi 23-yanvar 1946-yil(1946-01-23)
Tavallud joyi Moskva, SSRI
Vafot sanasi 23-mart 2013-yil(2013-03-23)
(67 yoshda)
Vafot joyi Ascot, Berkshire, Birlashgan Qirollik[1]

Boris Abramovich Berezovskiy (rus. Бори́с Абра́мович Березо́вский, 23-yanvar, 1946 – 23-mart, 2013)[2][3] rossiyalik oligarx, hukumat mansabdori va sobiq matematik boʻlgan. Rossiya Fanlar Akademiyasi aʼzosi boʻlgan. Avvaliga Vladimir Putinni dastaklagan Berezovskiy 2000-yilgi saylovdan keyin prezidentga qarshi chiqa boshladi va umrining oxirigacha uni tanqid qildi.[4] 2000-yil oxirida Rossiya Bosh prokurori oʻrinbosari Berezovskiyni soʻroqqa chaqirtirganidan keyin u xorijdan qaytib kelmay, Birlashgan Qirollikka koʻchdi va u yerda 2003-yili siyosiy boshpana oldi.[5] Rossiyada u keyinchalik iqtisodiy jinoyatlari uchun sirtdan hukm qilindi (birinchi ayblovlar 1999-yili Yevgeniy Primakov hukumati ostida qoʻyilgan edi).[6] Rossiya bir necha bor Britaniyadan Berezovskiyni ekstraditsiya qilishni soʻrab, rad javoblari oldi, natijada ikki mamlakat orasida diplomatik ziddiyat kuchaydi.[7][8]

Berezovskiy Rossiyada 1990-yillarda oʻtkazilgan xususiylashtirish va „qaroqchi kapitalizm“ davrida katta boylik yigʻdi.[9] U turli aktivlar, jumladan mamlakat bosh telekanali — Birinchi kanal ustidan nazorat oʻrnatib, daromad oldi. 1997-yili Forbes jaridasi Berezovskiy davlatini $3 milliard deb baholadi.[10] U Boris Yeltsin yillarining oxirlarida Rossiya xavfsizlik kengashi ikkinchi kotibi, Yeltsinning nufuzli qizi Tatyana Dyachenkoga doʻst va Yeltsin oilasiga yaqin boʻlib, siyosiy martabasi choʻqqiga chiqdi.[11] Berezovskiy Birlik partiyasini tuzishda moliyaviy yordam qildi, bu partiya Putinning parlament asosini shakllantirib,[12] Berezovskiyga Dumada deputatlikni berdi.[13] Biroq 2000-yil mart oyidagi prezidentlik saylovidan soʻng Berezovskiy muxolifatga oʻtib, Dumadan ketdi.[14] Buyuk Britaniyagacha koʻchib ketgach, hukumat uning televideniye aktivlarini qaytarib oldi[15] va u boshqa Rossiya holdinglaridan ham mahrum qoldi.

The Washington Post gazetasida 2000-yili yozgan maqolasida Berezovskiy kuchli fuqarolik jamiyati va oʻrta sinf yoʻqligida „demokratiyadan nafratlanuvchi va yoʻqotilgan oʻrinlarini qaytarish haqida orzu qiluvchi“ sobiq kommunistlarga posangi sifatida kapitalistlar Rossiyadagi „siyosiy jarayonga toʻgʻridan toʻgʻri aralashishi“ kerak boʻlishi mumkin, deb yozgan.[16] Bu vaziyatni milliarder George Soros tanqid qilib, rus oligarxlarini 19-asr Amerikasidagi qaroqchi baronlarga qiyosladi[17] va ularni Rossiyadagi islohotlar muvaffaqiyatsizligida aybladi.[18] Muxbir Paul Klebnikov ham Berezovskiyni keskin tanqid qilib, uni oʻz maqola va kitoblarida turli jinoyatlarda ayblagan. Biroq bu ayblovlarning ayrimlari Birlashgan Qirollik mahkamalarida rad etilgan.

Britaniyadagi yangi uyidan Berezovskiy Ahmed Zakayev, Aleksandr Litvinenko hamda Aleksandr Goldfarb kabi rossiyalik oʻrtoqlari bilan „London doirasi“ tuzib, Putinni qonsiz inqilob orqali toʻntarishni maqsad qilib qoʻyganini oshkor etgan.[11][19] U Rossiyadagi „kamsitilgan va kam himoyalangan jamiyat qatlami — mahbuslar, mayda millatlar va ishbilarmonlarni dastaklash“ maqsadida Xalqaro Fuqarolik Erkinliklari Jamgʻarmasini tuzib, Putinni tanqid qilish bilan shugʻullandi.[20]

2012-yili Berezovskiy London Oliy Sudida Roman Abramovich bilan Sibneft egaligi xususida sudlashib, £3 milliard daʼvo qildi va yutqazdi.[21] Sud Berezovskiyni „haqiqatni uning joriy maqsadlariga mos kerakli shaklga solinishi mumkin oʻtkinchi, turlanuvchi tushuncha, deb qarovchi“ va „baʼzan atayin qalbaki dalil keltirgan“ „mohiyatan ishonchsiz“ guvoh, deb topdi.[22][23] Sud Berezovskiy hech qachon Sibneftga sherik boʻlmagan, deb qaror chiqardi.[24]

2013-yil 23-martida Berezovskiyning Ascot qishlogʻidagi oʻz uyida jonsiz tanasi topildi.[25] Uning oʻlimi Facebookda kuyovi va advokati Aleksandr Dobrovinskiy tomonidan eʼlon qilinib, Berezovskiy oʻz joniga qasd qilgan boʻlishi mumkin, deyildi.[26]

Manbalar[tahrir]

  1. Another Kremlin enemy dies: Exiled Russian oligarch Boris Berezovsky found dead in bath at Berkshire house after 'losing all his millions'. 23 March 2013.
  2. Hoffman, David E. (2011). The oligarchs: wealth and power in the new Russia. PublicAffairs, 130. ISBN 978-1-61039-070-5. , A Google preview
  3. "Russian oligarch Boris Berezovsky found dead in his bath". Daily Telegraph. 23 March 2013. http://www.telegraph.co.uk/news/worldnews/europe/russia/9950107/Russian-oligarch-Boris-Berezovsky-found-dead-in-his-bath.html. Qaraldi: 23 March 2013. 
  4. Miriam Elder (11 September 2011). "Cameron meeting Putin is a 'historical mistake', says exiled Russian tycoon | World news". The Guardian (UK). http://www.guardian.co.uk/world/2011/sep/11/cameron-putin-meeting-boris-berezovsky. Qaraldi: 17 October 2011. 
  5. The Prosecutor Digs in the Dirt – Kommersant Moscow. Kommersant.com. 17 October 2011.
  6. Tom Parfitt (30 November 2007). "Berezovsky jailed in absentia". The Guardian (London). http://www.guardian.co.uk/world/2007/nov/30/russia.tomparfitt. Qaraldi: 26 April 2012. 
  7. "Russia and Britain: A love-hate relationship". The Economist. 19 January 2008. http://www.economist.com/node/10553024. Qaraldi: 17 October 2011. 
  8. "Boris Berezovsky". The Times (UK). http://www.timesonline.co.uk/tol/life_and_style/men/article2098099.ece. Qaraldi: 17 October 2011. 
  9. I am plotting a new Russian revolution" The Guardian. 13 April 2007
  10. "Boris Abramovich Berezovsky" Profile on globalsecurity.org
  11. 11,0 11,1 Profile: Boris Berezovsky, BBC News, 31 May 2007
  12. What a carve-up!, The Guardian, 3 December 2005
  13. McDermott, Roger. Duma Seat Winner Berezovsky Sees Possibility Of "Consolidation of Power.". Jamestown.org. 17 October 2011.
  14. Amelia Gentleman in Moscow (18 July 2000). "Tycoon resigns from duma as relations with Kremlin cool | World news". The Guardian (UK). http://www.guardian.co.uk/world/2000/jul/18/russia.ameliagentleman. Qaraldi: 17 October 2011. 
  15. "Silencing Critics of the Kremlin" Editorial, The New York Times 23 January 2002
  16. "Oligarchs as Nation's Saviors? Berezovsky Justifies Himself" St. Petersburg Times 20 October 2000
  17. "U.S. Financier Who Promoted Free Markets in Russia Censures Its 'Robber Capitalism'" The Washington Post 21 June 1997
  18. "The Capitalist Threat" by George Soros Project Syndicate 1 May 1997
  19. "Putin Says He Tried to Dissuade Yeltsin" Los Angeles Times 5 January 2000
  20. "Oligarch hits out at his Kremlin monster" The Guardian 21 December 2000
  21. "Berezovsky loses Abramovich claim". Press Association. 31 August 2012. Archived from the original on 1 September 2012. http://web.archive.org/web/20120901014033/http://www.google.com/hostednews/ukpress/article/ALeqM5jHmUh7mdoYCEo-ueq8KT6AK3SjNg?docId=N0289921346369684515A. Qaraldi: 31 August 2012. 
  22. "Roman Abramovich wins court battle against Berezovsky". BBC. 31 August 2012. http://www.bbc.co.uk/news/uk-19433325. Qaraldi: 31 August 2012. 
  23. Executive Summary of the Full Judgment of Gloster J in Berezovsky v Abramovich (Report). High Court of Justice. 31 August 2012. Berezovsky v Abramovich Action 2007 Folio 942. http://www.judiciary.gov.uk/Resources/JCO/Documents/Judgments/berezovsky-abramovich-summary.pdf. Qaraldi: 31 August 2012. 
  24. "Berezovsky humbled by verdict that leaves reputation in tatters". The Independent. 31 August 2012. http://www.independent.co.uk/news/uk/home-news/berezovsky-humbled-by-verdict-that-leaves-reputation-in-tatters-8099260.html. Qaraldi: 1 September 2012. 
  25. Mark Townsend and Simon Goodley (23 March 2013). "Boris Berezovsky found dead". The Guardian (London). http://www.guardian.co.uk/world/2013/mar/23/boris-berezovsky-found-dead-london. 
  26. Russian Oligarch and Sharp Critic of Putin Dies in London. NY Times. 23 March 2013.

Havolalar[tahrir]