Kontent qismiga oʻtish

Bolalar (qoʻshiq)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Bolalar“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
„2-albom“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1990
Yozib olingan 1990
Janr Yevrodens
Pop
Davomiyligi 3:53
Matn muallif(lar)i Husan Sodiqov
Bastakor(lar) Husan Sodiqov
„2-albom“ xronologiyasi
„Sogʻindim-ku seni“
(1990)
Bolalar
(1990)
„Albatta qaytgin“
(1990)

Bolalar“ („Bolalar kuylar sizlarga“ deb ham nomlanadi) — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruh 1989-yilda tuzilganidan keyin yozilgan ilk ashulalarning biri. Guruhning 1990-yil chiqarilgan „2-albom“ nomli studiyaviy albomiga toʻrtinchi trek oʻlaroq kiritilgan[1]. 1992-yil „Melodiya“ leybli bilan Toshmuhamedov nomidagi Toshkent grammofon zavodida chiqarilgan „Bolalar“ plastinkasiga ham kiritilgan[2]. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh aʼzosi Husan Sodiqov yozgan[manba kerak], ammo 1992-yilgi plastinkada unga kiritilgan barcha ashulaning soʻzi va kuyini guruh solisti Tohir Sodiqov yozgani eʼtirof etilgan.

„Bolalar“ qoʻshigʻi „Bolalar“ guruhi repertuaridagi eng keng tanilgan taronalarning biri boʻlib, Sodiqov aynan shu ashula guruh Oʻzbekistonda shuhrat qozonishga hissa qoʻshganini aytgan[3]. Qoʻshiqning bir necha versiyasi mavjud. „Bolalar“ guruhining 1998-yil eʼlon qilingan va asosan remikslardan iborat „8-albom“ nomli albomiga „Bolalar“ qoʻshigʻining remiksi birinchi trek oʻlaroq kiritilgan[4]. Original versiya lya-minor tonalligida, 1998-yilgi remiks esa si-minor tonalligida kuylangan. 1989-yilgi versiyaning soʻnggi naqorati yarim ton yuqori ijro etilgan. 1998-yilgi versiyaga guruh 1989-yilda tuzilgani nazarda tutilgan holda „Bolalar, toʻqqiz yil“, degan misra qoʻshilgan.

  1. „"Болалар" гуруҳининг 2 чи оригинал альбоми“. YouTube (20-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 29-iyul 2022-yil.
  2. „Болалар“ (ruscha). Discogs. Qaraldi: 29-iyul 2022-yil.
  3. „"Болалар" - репертуардан ҳамон тушмаëтир“. Ozodlik radiosi (26-fevral 2010-yil). Qaraldi: 29-iyul 2022-yil.
  4. „"Болалар" гуруҳининг 8 чи оригинал альбоми“. YouTube (29-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 29-iyul 2022-yil.