Birmingem markaziy masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Birmingem markaziy masjidi
Birmingham Central Mosque
Mamlakat  Angliya
Hudud Birmingem
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 2
Sayt www.centralmosque.org.uk Rasmiy sayt

Birmingem markaziy masjidi, Birmingem masjidi Trust tomonidan boshqariladigan Angliyaning Birmingem shahrining Haygeyt hududidagi masjiddir. „Britaniyadagi musulmonlar“ tashkiloti Birmingem markaziy masjidini mazhabsiz deb tasniflaydi[1]. Masjid 6000 kishiga moʻljallangan, jumladan ayollar ham masjidda namoz oʻqishlari mumkin[1]. Masjid 2016-yilda ajrashish boʻyicha 400 ta murojaatni koʻrib chiqqan Shariat kengashiga ega[2].

Masjidning 21 nafar vasiy roʻyxati mavjud[3] va uning raisi Muhammad Afzal. Uning oʻrinbosari Muhammad Najib hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Minora tepasiga 1981-yilda oltin gumbaz qoʻyilgan[4]. 1986-yilda masjid maʼlum chegaralarda azon oʻqishga ruxsat soʻragan va bu ruhsat berilgan[5]. 1988 va 1990-yillar orasida Al-Hijrah maktabi Kichik Hitdagi Midlend Hausga koʻchib oʻtishdan oldin masjid ichidagi uchta ijaraga olingan xonada bolalarni oʻqitgan[6].

2006-yilda West Midlands yongʻin xizmati masjiddagi ofisda boshlangan yongʻinni oʻchirgan. Yongʻin uzoqqa tarqalmagan, ammo elektronikalarga zarar yetkazgan va qogʻozlarni ham yoʻq qilgan[7].

2011-yil dekabr oyida bir kishi Facebook orqali masjidni portlatish bilan tahdid qilganidan keyin hibsga olingan[8].

2017-yil aprel oyida Angliya Mudofaa Ligasi (EDL) noroziligidan soʻng, Birmingem markaziy masjidi ushbu namoyishlarga qarshi turish va dinlararo muloqotni rivojlantirish maqsadida choy ziyofatini oʻtkazgan. Choy ziyofati asl EDL marshiga qaraganda koʻproq ishtirokchilarni oʻziga jalb qilgan[9].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Birmingham Central Mosque“. Muslims in Britain (2015-yil 25-aprel). Qaraldi: 2017-yil 4-iyun.
  2. Bone, Amra. „Inside Britain's sharia councils: hardline and anti-women – or a dignified way to divorce?“. The Guardian (2017-yil 2-mart). Qaraldi: 2017-yil 5-iyun.
  3. „Charity Details“ (en). beta.charitycommission.gov.uk. Qaraldi: 2019-yil 5-mart.
  4. Panikos Panayi. The Impact of Immigration in Post-war Britain: A Documentary History of the Effects and Experiences of Immigrants in Britain since 1945. Manchester University Press, 1999 — 103 bet. ISBN 0-7190-4685-8. 
  5. W. A. R. Shadid. Religious Freedom and the Position of Islam in Western Europe. Peters Publishers, 1995 — 35 bet. ISBN 90-390-0065-4. 
  6. „History of Al-Hijrah“. Al-Hijrah. 2008-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-dekabr.
  7. „Arsonists set fire to city mosque“. BBC News (2006-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2007-yil 2-dekabr.
  8. „Man arrested after Facebook threat to bomb Birmingham mosque“. Mirror (2011-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
  9. York. „EDL Birmingham Demo Countered By Mosque Tea Party“. The Huffington Post (2017-yil 8-aprel). Qaraldi: 2017-yil 5-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]