Birinchi muallim. Boʻtakoʻz. Oq kema

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Birinchi muallim. Boʻtakoʻz. Oq kema
Muallif(lar) Chingiz Aytmatov
Janr(lar)i qissalar
Nashr etilgan sanasi 1986
Nashriyot „Oʻqituvchi“
Sahifalar soni 222

„Birinchi muallim. Boʻtakoʻz. Oq kema“qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatov qalamiga mansub qissalar toʻplami. Toʻplam 1986-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyotida chop etilgan.[1] Toʻplamga „Birinchi muallim“, „Boʻtakoʻz“ hamda „Oq kema“ qissalari kiritilgan. Asar rasmlarini V. Slabunov chizgan.

Birinchi muallim[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Birinchi muallim“ qissasi ilk bor 1962-yil chop etilgan. Asarni oʻzbek tiliga Zaynab tarjima qilgan.

Qissada taʼlim-tarbiyaning Qirgʻizistonning olis qishloqlariga yetib borishi haqida soʻz yuritiladi. Rejissor Andrey Konchalovskiy 1965-yil qissa asosida „Birinchi muallim“ filmini suratga olgan.

Boʻtakoʻz[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Boʻtakoʻz “ qissasi ilk bor 1960-yil chop etilgan.

Qissadagi voqeralar katta hayotdan olisdagi kichik choʻlquvarlar kollektivida sodir boʻladi. Asarda hayotni sevuvchi oʻsmir Kamol qoʻpol traktorchi Abubakirga shogird tushadi. Abubakir Kamolning porloq orzu-istaklarini puchga chiqarishga urinadi.

Oq kema[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Oq kema“ qissasi ilk bor 1970-yil „Noviy mir“ jurnalida chop etilgan. Asarni oʻzbek tiliga Asil Rashidov tarjima qilgan.

Qissada Issiqkoʻl boʻyida yashovchi yetti yoshli yetim bola haqida hikoya qilinadi. 1975-yil qissa asosida „Qirgʻizfilm kinostudiyasida film suratga olingan. Film SSSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Birinchi muallim; Boʻtakoʻz; Oq kema“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 4-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]