Betatron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Betatron — elektronlarning induksion tezlatgichi. Oddiy transformatorga uxshab tokka ulanadi, ikkilamchi gʻaltak urnida "teshik kulcha" shaklidagi vakuum kamerasi joylashgan. Vakuum kamerasida elektronlar manbai—injektor oʻrnatilgan (rasm). Vakuum kamerada injektordan chiqqan elektronlar aylana (Gʻ•„ radiusli) boʻylab harakatlanganda elektr maydon taʼsirida impulsi ortadi. B.da elektronlar energiyasini 300 MeV gacha orttirish mumkin. B.da hosil qilingan tezlanishdan koʻpincha sinxrotronlarda elektronlar energiyasini 2—5 MeV gacha yetkazishda foydalaniladi. Sinxrotronlarda orbita radiusi tezlikka mutanosib oʻzgarganidan kamera oʻlchamlari ortiqcha kattalashmasligi uchun elektronlarni B. rejimida tezlatish maqsadga muvofiq. B. yordamida jismlar tarkibidagi elementlar tahlil qilinadi.

Tezlatilgan elektronlar yoki gammanurlanish yadro fizikasida, i. t. ishlarida, tibbiyotda nurlanish terapiyasi va tashhis (diagnostika)da, texnikada, defektoskopiya maqsadlarida ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda katta energiyaga ega boʻlgan elektronlarni keskin sekinlashtirib olinadigan gammanurlanishdan moddalardagi juda oz miqdordagi "begona" birikmalarni radioaktivlash yoʻli bilan tahlil qilishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Ayniqsa, 25 MeV energiyaga ega boʻlgan elektron tezlatgichlar bunday ishlarda ancha qoʻl kelmoqda.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil