Beşparmak togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Beşparmak togʻlari — Turkiyaning Mugʻla va Aydin viloyatlarida joylashgan, sobiq Latmus koʻrfazining shimoliy qirgʻogʻi boʻylab sharq-gʻarb tomonga yoʻnalgan koʻp togʻ tizmasi[1]. Latmus togʻining janubiy yonbagʻrida Latmus shahri[2] joylashgan boʻlib, u ilgari tor koʻrfazdagi port boʻlib hizmat qilgan[3][4]. Latmus koʻrfazining kirish qismi qadimdan unga quyiladigan Maeander (Büyük Menderes) daryosi choʻkindi jinslari bilan toʻla boshlagan. Milodiy 300-yilda bu joy Bafa koʻli botqoqlari koʻrinishiga kelib qolgan. Tarkibida shoʻrnalish darajasi ortgan va Egey dengizi kanallari shoʻr elementlari bilan boyib borgan. Ekologiya muhiti shoʻr suvli boʻlib, koʻl qushlar uchun qoʻriqxonaga aylantirilgan[5]. Beşparmakdan sharqda Kapikiri qishlogʻi joylashgan. Ungacha boʻlgan masofa 35 kilometr (22 milya), kengligi 5 kilometr (3,1 milya) dan 10 kilometr (6,2 milya) ni tashkil qiladi. U yerdan koʻrinib turadigan choʻqqilar Beşparmakning togʻlari hisoblanadi. Bu togʻlar turli oqimlar natijasida erroziyalanib qotgan choʻqqilardan hosil boʻlgan. Qadimgi yozuvchilar manbalarida koʻrfaz ustidagi gʻarbiy shoxcha Latmus deb atalganini koʻrish mumkin. Strabonning yozishicha, sharqdagi tizma Grium togʻi hisoblangan[6].

Geologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anatoliya va Egey togʻlarining hosil boʻlish morfotektonik konfiguratsiyasi boʻyicha, Afrika va Arab yer osti plitalari Yevrosiyo plitasi bilan toʻqnashishi natijasida yer sirtida balandliklar yuzaga kelgan. Alp orogeniyasi bilan bogʻliq boʻlgan kontinental siljish harakati natijasida plitalar yer qatlamlarini ustma-ust siqib koʻtargan va choʻkindi jinslarning oldingi qatlamlaridan metamorfik jinslar zonalari yaralgan. Egey dengizining bu zonalari dastlab Yer qobigʻining choʻkishidan hosil boʻlgan bir qator massivlarni ifodalagan: Rodop, Kazdag, Menderes, Kiklad va Krit massivlari. Ularning shakllari dastlab gumbazsimon, tuxumsimon koʻrinishlarda boʻlgan. Qadimiy manbalarga koʻra, Latmusning shimoliy yonbagʻirlari tez-tez ogʻir toshqinlarga uchrab turgan. Bu kabi boshqa massivlarda vulqon faolligi koʻrinishini beruvchi issiq buloqlar va bugʻlar keng tarqalgan[7].

Mifologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mifologik qarashlarga koʻra Homer Milet qoʻshnisidagi Ftiriyaliklar togʻi haqida gapirganda Latmus yerlariga ham ishora qilgan deb hisoblanadi[8]. Yana bir yunon mifologiyasida Selenning turmush oʻrtogʻi Endimion uyquda yotgan gʻorning joylashgan joyi Latmus ekanligi aytib oʻtiladi[9].

Kashf etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nemis arxeologiya instituti xodimi Anneliese Peschlow tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida[10] 1994-yilning boshlarida Latmus togʻi etagidan Bafa koʻli buloqlari yaqinida sayoz gʻorlar va unda 70 ga yaqin qoyatosh rasmlar topildi. Ushbu topilmalar miloddan avvalgi 6000 yillikka tegishli va hozirda Latmus togʻining milliy bogʻi tarkibiga kiritilgan. Qoyatosh rasmlarining toʻq qizil rangdagilarida ijtimoiy, diniy manzaralar ifodalangan. Ajdaho koʻrinishidagi togʻning tasvirlari bu manzilgohning erta bronza davrlarida muqaddas joy boʻlganligidan dalolat beradi[11].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miloddan avvalgi V asrda Latmus Delian ligasi aʼzoligiga kiritilgan[12]. IV asrda fors satrapi Halicarnassus bu hududni bosib oladi va devor bilan oʻralgan shaharni qayta tiklaydi. Ellinizm taʼsirida shahar bir kilometr gʻarbga siljitib quriladi. Harobalar orasida Kapıkırı qishlogʻi ham qurilgan.

Ellinistik davrda Temenos yoki Endymion ziyoratgohi shaharning janubiy koʻtarilgan joyida qurilgan[13]. U janubiy-gʻarbiy tomonga qaragan boʻlib, orqa tomonida togʻ jinslaridan tiklangan devor, kirish yoʻlagi va ustunli hovlisi boʻlgan[14].

Vizantiya davrida Latros nomi bilan togʻlar joylashgan hudud monastir markazi hisoblangan. 1222-yilda Latros monastri 11 ta kichik monastirliklarga ega hududga aylangan. Ammo turklar tomonidan bir necha bor hujumlar sabab XIII asr oxiriga kelib pasayib, XIV asrda monastirlik tugatildi[15]. Hududda XX asr boshlaridga kelib temir rudalari qazib olish yoʻlga qoʻyilgan[16]. 2018-yilda qadimgi Alinda va Latmus shaharlarini oʻzaro bogʻlagan yoʻl qishloq aholisi tomonidan zaytun bogʻlari yetishtirish uchun buzib tashlangan[17].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „uk:Латмійська затока“.
  2. „Turkish Milet, not to be confused with Turkish Milas.“.
  3. [Strabo. "Geography 14.1.8". Tufts University: Perseus Project. Retrieved 2008-02-10. „Strabo. "Geography 14.1.8". Tufts University: Perseus Project. Retrieved 2008-02-10.“].
  4. „Iliad Book II line 868.“.
  5. Brückner, Helmut (2003). "Delta Evolution and Culture - Aspects of Geoarchaeological Research in Miletos and Priene". In Wagner, Günther A.; Pernicka, Ernst; Uerpmann, Peter (eds.). Troia and the Troad: Scientific Approaches. Springer. ISBN 3540437118. 
  6. Strabo. "Geography 14.1.8". Tufts University: Perseus Project., 2008-02-10.. 
  7. Catlos, E.J.; Ibrahim Çemen (2005), 2008-02-25. 
  8. „Homer. Iliad. Vol. 2.868.“.
  9. Description of Greece. Vol. 5. Translated by W. H. S. Jones; H. A. Ormerod. Cambridge, Massachusetts; London: Harvard University Press; William Heinemann – via Perseus Digital Library., Apollod. 1.7.5 „Apollod. 1.7.5; Ovid“.
  10. „Deutsches Archäologisches Institut.“. Qaraldi: 2007-yil 16-iyul.
  11. „"Unique rock paintings reveal traces of prehistoric human settlement in Anatolia".“. Turkish Daily News. Qaraldi: 2007-yil 18-yanvar.
  12. „Polyainos 7.23.2 reports the capture of Latmos by Mausolos, and 8.53.4 by Artemisia as sole ruler.“.
  13. . {{{title}}}. 
  14. „The old city site became a necropolis.“.
  15. „Kazhdan, Alexander, ed. (1991)“. Qaraldi: 1188–1189.
  16. „Prothero, G.W. (1920)“. Qaraldi: p. 106..
  17. „Ancient road destroyed to make way for villagers’ olive groves in Aydın“.