Bayot (qabila)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bayot, bayotlar — qad. oʻgʻuz qabilalaridan biri. Turkman tili lahjasida soʻzlashgan. 910-asrlarda qay qabilasi bilan birga Dashti Qipchokda yirik oʻgʻuz qabilalari ittifoqiga bosh boʻlgan. 16-asr boshida shim. turkman qabilalari tazyiqi ostida B.ning katta guruhi Sharqiy Xurosondan Amudaryoning oʻrta oqimi atroflari va Qorakoʻl vohasiga (Buxoroning gʻarbida) koʻchib kelishgan. 20-asrda turkman, ozarbayjon, oʻzbek xalqlari tarkibiga kirgan. 1920 y.da Oʻzbekistonda (Qorakoʻl tumani va Buxoro atroflarida) 1460, 1924 y.da Turkmanistonda 10,5 ming B. roʻyxatga olingan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil