Baxtiyor Sattarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baxtiyor Sattarov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Baxtiyor Olimjonovich Sattarov
Tavallud sanasi 27-aprel 1986-yil
Tavallud joyi Jizzax,
Oʻz SSR, USSR
Boʻyi 1,78 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006-2008 Dinamo 13
2009 Mashʼal 233 (50)
Boshqargan klublari
2010-2012 Registon
2013-2016 Mashʼal
2016 Sherdor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Baxtiyor Olimjonovich Sattarov (1986-yil 27-mart ; Jizzax, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, asosan yarim himoyachi, hozirda murabbiy. 2016-yilning dekabr oyidan — "Sherdor" klubi bosh murabbiyi.

U 2006-2007 yillarda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi safida O‘zbekiston oliy ligasida 13 ta o‘yin o‘tkazgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy maʼlumotli. 2005-yilda Toshkent shahar Respublika olimpiya zaxiralari kollejining murabbiy-o‘qituvchi (futbol) bo‘limini tamomlagan. 2010-yilda Samarqand davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Registon“ FKda Samarqand viloyati chempioni — 2010-yil. 2011-yilda u murabbiy va huquqshunos sifatida ishlagan. 2011-2012-yillarda Yoshlar sport federatsiyasida murabbiylik lavozimida ishlagan.

2012-yilda „FK Sherdor“ MChJni ochdi. 2-liga jamoalari o‘rtasida Samarqand viloyati chempioni va o‘sha yili „SHerdor“ futbol jamoasini Birinchi ligaga olib chiqdi. 2013-yil yanvar oyida Samarqandning „Dinamo“ PFK bosh direktori lavozimida ishlay boshladi. 2013-yil 1-iyundan „Mash’al“ PFKda Yoshlar sport maktabi katta murabbiyi lavozimida ish boshladi. 2014-yildan boshlab Birinchi liganing „Mash’al-2“ jamoasida katta murabbiy, „Mash’al“ sport o‘smirlar sport maktabida yarim stavka bosh murabbiyi, shuningdek, klub huquqshunosi lavozimlarida ish boshlagan. 2015-yil 1-avgustdan „Mash’al“ PFK bosh murabbiyi. 2016-yil 2-oktabrdan boshlab „Sherdor“ futbol klubida direktor va bosh murabbiy sifatida ish boshlagan. 2017-yil 15-maydan buyon „Dinamo-plyus“ PFK qoshidagi „Dinamo“ futbol maktabi direktori lavozimida ishlab kelmoqda. 2018-yil Birinchi ligada „Sherdor“ FK bosh murabbiyi sifatida ish boshladi. 2021-yilda „Mash’al“ PFKda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy (FIT murabbiyi) lavozimida ishlay boshladi.

Uylangan, to‘rt farzandi bor.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Registon

Sherdor

  • Samarqand chempioni (2): 2012, 2016
  • Samarqand kubogi sohibi (2) 2012, 2016
  • 2012 yil „Umid nihollari“ chempioni.
  • 2-liga oʻrtasida Pulki 1-oʻrin. 2012
  • 2-liga oʻrtasida Pulki 2-oʻrin. 2013
  • „Mash’al“ PFK 2015 yilgi shogirdlari orasida 3-oʻrin.
  • 2-ligadagi „Sherdor“ FK oʻrtasida 1-oʻrin. 2017 yil
  • „Sherdor“ FK Birinchi liga oʻrtasida 2-oʻrin, PRO ligaga yoʻllanma. 2018

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]