Katta panda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bambukayiqdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Katta panda, bambuk ayiq (Ailuropoda melanoleuca) — yenotsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Baʼzan K.p.ni ayiqsimonlar oilasiga yoki kichik panda bilan birga pandasimonlar oilasiga kiritiladi. Urugʻning yagona turi. Tashqi koʻrinishi ayiqqa oʻxshash, undan tishlarining tuzilishi va dumining uzun boʻlishi bilan farq qiladi. Uz. 120—180 sm, dumi 12 sm ga yaqin. Tanasi yoʻgʻon, oyoqlari kalta. Yungi oq, faqat oyoqlari, qulogʻi va dumining uchi, koʻzlari atrofi qora; koʻkragida ham koʻndalang qora yoʻli boʻladi. Xitoyda tarqalgan, ilgari Hindixitoy va Kalimantan o.dagi bambuk oʻrmonlarida yashagan. 1—2 ta bola tugʻadi. Bambuk novdalari va iddizi bilan oziklanadi. Soni keskin kamayib bormoqda. Xitoyda "milliy xazina" deb eʼlon qilingan. Tutqinlikda deyarli koʻpaymaydi. Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro tashkiloti Qizil kitobiga kiritilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil