Kontent qismiga oʻtish

Baliqlardan qoʻrqish

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kit akula AdF

Baliqlardan qoʻrqish yoki ixtiofobiya – baliq isteʼmol qilish qoʻrquvi, xom baliqqa tegmaslik yoki oʻlik baliqdan qoʻrqish kabi madaniy hodisalardan tortib, irratsional qoʻrquvgacha (oʻziga xos fobiya) barcha holatlarni oʻz ichiga oladi. Selakofobiya yoki galeofobiya, akula va boshqa yirtqich baliqlardan qoʻrqish xissini ifodalaydi[1].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ixtiofobiya atamasi yunoncha ἰχthῦs – ichthus, „baliq“[2] va phosbos – fobos, „qoʻrquv“ degan maʼnoni anglatadi[3]. Galeofobiya yunoncha galeos – „kichik akula“ soʻzidan kelib chiqqan[4][1].

Ixtiofobiya „Psychology: An International Perspective“ kitobida „gʻayrioddiy“ oʻziga xos fobiya sifatida tasvirlangan[5]. Ixtiofobiyaning alomatlari ham, davolari ham boshqa fobiyalarniki bilan deyarli bir xil.

Amerikalik psixolog John B. Watson, bixeviorizmdagi mashhur uslub, psixologiya boʻyicha koʻplab kitoblarda keltirilgan misollarni, chaqaloqdagi oltin baliqdan shartli qoʻrqish va hozirda bosqichma – bosqich taʼsir qilish terapiyasi deb ataladigan qoʻrquvni bartaraf etish usulini quyidagicha tasvirlaydi[6]:

Bu qoʻrquvdan qutilishning boshqa usulini sinab koʻring. Bolakayning baliqdan qoʻrqmaydigan toʻrt yoshli akasi Akvarium yoniga kelib, qoʻllarini idishga solib, baliqni tutsin. Qoʻrqmas bolaning bu zararsiz hayvonlar bilan oʻynayotganini koʻrish chaqaloqdagi qoʻrquvni kamaytirmasligi ham mumkin. Biroq, keling, ushbu oddiy usulni sinab koʻraylik. Bolani ovqatlanish vaqtida oʻn yoki oʻn ikki fut uzunlikdagi stolning bir chetiga oʻtkazib qoʻying va baliq solingan akvarium idishini stolning boshqa chetiga qoʻqib qoʻying va akvarium qopqogʻini yoping. Bolaning oldiga ovqat qoʻyishingiz bilanoq, idish qopqogʻini olib tashlang. Agar bezovtalik yuzaga kelsa, oraliq masofani uzaytiring va idishni uzoqroqqa qoʻying, shunda hech qanday bezovtalik paydo boʻlmaydi. Ovqatlanish anʼanaviy tarzda davom etadi va ovqat hazm qilish jarayonida noqulayliklar kuzatilmaydi. Ertasi kuni protsedurani takrorlang, lekin idishni biroz yaqinroqqa joylashtiring. Toʻrt yoki besh kun ichida idishni ozginadan toʻgʻridan-toʻgʻri ovqat yonigacha olib kelish mumkin. Keyin kichkina shisha idishni oling, uni suv bilan toʻldiring. Idishni avvaliga boladan nariroqqa qoʻying va keyingi ovqatlanish vaqtida uni bolaga yaqinlashtiring. Yana uch-toʻrt kundan keyin kichik shisha idishni sut solingan idish bilan birga stolga qoʻyish mumkin. Bola tugʻilishiga yaqin paydo boʻlgan qoʻrquv mashgʻulotlar orqali yoʻqotiladi va bu holat doimiy saqlanib qoladi.

Madaniy hodisa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy jihatdan navaxo xalqi baliqdan nafratlanganligi sababli[7][8] ixtiofobik deb taʼriflangan. Biroq, bu keyinchalik psixologik holat[9] emas, balki suv hayvonlariga nisbatan madaniy yoki afsonaviy nafrat ekanligi tasdiqlandi[10].

Baliqni isteʼmol qilishdan qoʻrqish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Tibbiyot Assotsiatsiyasi jurnali simob singari ifloslantiruvchi moddalardan qoʻrquvchilar orasida baliq isteʼmol qilish qoʻrquviga bagʻishlangan tadqiqot soʻrovnomalarini oʻtkazdi va bu xususdagi maqolani ham nashr etdi[11].

  1. 1,0 1,1 Galeophobia (Wayback Machine saytida 2007-03-11 sanasida arxivlangan) in medical dictionary.
  2. %3Aentry%3Di%29xqu%3Ds ἰχθῦς, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus
  3. %3Aentry%3Dfo%2Fbos φόβος, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus
  4. %3Aentry%3Dgaleo%2Fs γαλεός, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus
  5. Michael W. Eysenck. Psychology: An International Perspective, Psychology Press, 2004, p839, ISBN 1-84169-360-X
  6. John B. Watson (1929) „Behaviorism – The Modern Note in Psychology“
  7. Washington Matthews. Ichthyophobia, The Journal of American Folklore, Vol. 11, No. 41 (1898), pp. 105-112
  8. William H. Lyon. The Navajos in the American Historical Imagination, 1868-1900, Ethnohistory, Vol. 45, No. 2 (1998), pp. 237-275
  9. Howard M. Bahr. The Navajo as Seen by the Franciscans, 1898-1921: A Sourcebook. Scarecrow Press, 2004, ISBN 0-8108-4962-3
  10. Tryst Williams. Man cured of 'life affectingʻ fish phobia. Western Mail, 18 April 2007
  11. Dariush Mozaffarian, Eric B. Rimm, „Fish Intake, Contaminants, and Human Health. Evaluating the Risks and the Benefits“, Journal of the American Medical Association, 2006, vol. 296, pp 1885-1899.
Ushbu maqolani tinglang (4 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 2022-yil 20-sentyabr(2022-09-20) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.