Uotson Jon Brodes
Jump to navigation
Jump to search
UOTSON (Watson) Jon Brodes (1878.9.1, AQShning Grinvill sh. — 1958.25.9, NyuYork) — amerika psixologi, bixeviorizm asoschisi. Baltimordagi J. Xopkins universiteti prof. (1908—20). U.ning hayvonlar ustidagi tadqiqotlari asosida vujudga kelgan konsepsiya introspektiv psixologiya metodlariga taʼsir etish natijasidir. U. psixologiyani obʼyektiv eksperimental metodlardan foydalanuvchi tabiiy fanlardan biri sifatida ifodalashga urindi. Butun psixologik faoliyatni U. xulqatvor sifatida talqin qildi. U. fikricha, psixologiyaning asosiy vazifasi bilim, malaka, koʻnikma hosil qilish jarayonini oʻrganishdan iborat. U. hatto tafakkurni yashirin harakatlantiruvchi faoliyat deb bayon qilishga intildi.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |