Shartli reflekslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Classical Conditioning Diagram.png

Shartli reflekslar - odam va hayvonlarning shaxsiy xayoti davomida orttirgan moslashuv reaksiyalari sistemasi; shartli (signal) qoʻzgʻatuvchi bilan shartsiz reflektor qoʻzgʻatuvchi oʻrtasida vujudga keladigan muvaqqat bogʻlanish tufayli paydo boʻladi. Shartli reflekslar markaziy nerv sistemasiga ega barcha hayvonlarda bor. "SH.r." terminini I.P. Pavlov taklif etgan (1903). Shartli reflekslar hosil qilinadigan reaksiyaga befarq boʻlgan qoʻzgʻatuvchi (signal), yaʼni shartli taʼsirlovchining organizmga. uzluksiz taʼsiri bilan bogʻliq. Mac, chiroq yoqilganida ovqatlanishga nisbatan Shartli reflekslar hosil boʻlishi uchun itga chiroq yoqilgandan soʻng ovqat berib turish kerak. Tashqi yoki ichki muhitning har qanday oʻzgarishi shartli taʼsirlovchi boʻlishi mumkin. Ilgari befarq boʻlgan, lekin vaqt jihatdan biror shartsiz refleksning namoyon boʻlishi bilan moye keladigan har qanday taʼsirlovchi shartli signal boʻlishi mumkin.

SH.r.ning shakllanishida markaziy nerv sistemasining oliy qismlari (baliqlarda oʻrta miya va miyacha, sudralib yuruvchilar va qushlarda bosh miya yarim sharlari, odam va sut emizuvchilarda bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻi) asosiy ahamiyatga ega. Shartli reflekslar asosida har xil shartsiz reflekslar oʻrtasida ikki tomonlama boglanish boʻlsa kerak, deb taxmin qilinadi. Shartli va shartsiz taʼsirlovchilarni bir xil neyronlardagi konvergensiyasi va bosh miya har xil markazlari faolligining oʻzaro moye kelishi Shartli reflekslar hosil boʻlishining asosiy sharti hisoblanadi. Shartsiz qoʻzgʻatuvchi tomonidan mustahkamlanib turilmagan Shartli reflekslar tormozlanadi, baʼzan yoʻqolib ketadi. Shuning uchun Shartli reflekslarning biologik ahamiyati organizmning moslanish imkoniyatlarini kengaytirishdan va uning xattiharakatlarini har xil sharoitga moslanishiga yordam berishdan iborat. Organizmning filogenetik taraqqiyoti va individual rivojlanishi davomida Shartli reflekslar ham tobora murakkablashib boradi (yana qarang Oliy nerv faoliyati).