Oltin baliq

Oltin baliq (Carassius auratus auratus) — tovonbaliq (karas)ning xonakilashtirilgan kenja turi. Dastlab Xitoy suv havzalarida 7 va 9 chi asrlarda tovonbaliqning sariq va qizil mutantlarini uzoq vaqt tanlash natijasida yetishtirilgan. Tovonbaliqdan sar-gʻish tillarang tusi, qisqa va keng (sharsimongacha) tanasi, suzgichlarining tuzilishi bilan farq qiladi. Koʻp asrlar davomida olib borilgan seleksiya va duragaylash natijasida bir-biridan rangi, katta-kichikligi, gavdasi, boshi va suzgichlari shakli, koʻzining oʻlchami va joylashgan oʻrni, boshqa belgilari bilan farq qiladigan yuzlab zotlari yaratilgan. Oltin baliqning eng koʻp tarqalgan zotlari teleskop (koʻzlari boʻrtib chiqqan), sher-bosh (boshida har xil oʻsimtalar bor), vual dum (dumi uzun, ikkiga ajralgan, tanasi kalta), diakin (dumi kapalakka oʻxshash), kometa (dumi tanasidan uch to'rt marta uzun) va boshqa zotlari koʻp boqiladi. Odatda, bahorda 3 mingtagacha tuxum qoʻyadi. Oltin baliq ovqat tanlamaydi. Genetik va boshqa eksperimentlarda foydalaniladi. 35—40 yil yashaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |