Kontent qismiga oʻtish

Bahriylar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bahriylar – Misrda hukmronlik qilgan ikki mamluklar sulolasidan birinchisi (1250 – 1390). Ayyubiylarni taxtdan tushirib, hokimiyatni egʻallagan. Bahriylar. 1249 yil Misr sultoni Najmiddin Ayyub (1208 – 1250) saroy quriqchilari qilish maqsadida sotib olgan turk asirlari boʻlib, dastlabki vaqtlarda Bahr annil (Nil daryosi)dagi orollardan birida yashaganlari uchun shunday deb atalganlar. Bahriylar (Arabic, al-mamalik al-bahriya) 1250-yildan 1382-yilgacha Misrda hukmronlik qilgan turkiy millatga mansub birinchi mamluk sulolasi bo‘lib, ular o‘rnini Burjiylar egallagan.

Sulola vakillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sulola vakillari: Al-Malik al-Muʼizz Oybek (1250 – 1257), Al- Malik al-Mansur Ali I (1257 – 1259), Al-Malik al-Muzaffar Qutuz (1259 – 1260), Al-Malik az-Zohir Baybars (1260 – 1277), Al-Malik as-Saʼiyd Barakaxon (1277 – 1279), Al-Malik al-Odil Salomish (1279), Al-Malik al-Mansur Qalovun (1279 – 1290), Al-Malik al-Ash-raf Xalil (1290 – 1293), Al-Malik annosir Muhammad (1293 – 1294, 1298 – 1308 va 1310 – 41), Al-Malik al-Odil Katbugo (1294 – 1296), Al-Malik al-Mansur Lojin (1296 – 1298), Al-Malik al-Muzaffar Beybars I (1308 – 1310), Al-Malik al-Mansur Abu Bakr (1341), Al-Malik al-Ashraf Kuchuk (1341 – 1342), Al-Malik annosir Ahmad 1 (1342), Al-Malik as-Solih Ismoil (1342 – 1345), Al-Malik al-Komil Shaʼbon I (1345 – 1346), Al-Malik al-Muzaffar Hajiy I (1346 – 1347), Al-Malik annosir Hasan (1347 – 1351, 1354 – 1361), Al-Malik as-Solih (1351 – 1354), Al-Malik al-Mansur Muhammad II (1361 – 1363), Al-Malik al-Ashraf Shaʼbon II (1363 – 1377), Al-Malik al-Mansur Ali II (1377 – 1381), Al-Malik as-Solih Hajiy II (1381 – 1382), (1382 – 1389 yillarda burjiylar sulolasi vakili Al-Malik az-Zohir Barquq sultonlik qilgan), Al-Malik al-Mansur Hajiy II (1389 – 1390).

Sultonlar ro‘yxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. 1 2 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named "Ben-Bassat".
  2. 1 2 3 4 5
    Bahriylar
    Muallif(lar) Abdul Ali
    Nashriyot M.D. Publications Pvt. Ltd.
    Sahifalar soni 142
    ISBN 9788175330085