Bahçeşehir Universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahçeşehir Universiteti
Asos solingan 1998-yil
Oʻquv yurti turi Vaqf Universiteti
Rektori Prof. Dr. Esra Hatipoğlu
Talabalari 25.480
Manzili Istanbul, Turkiya
Vebsayti bau.edu.tr


    Bahçeşehir Universiteti (turkcha: Bahçeşehir Üniversitesi) Istanbulda joylashgan vaqf universitetidir.  Turkiya Buyuk Millat Majlisi 1998-yilda Bahcheshehir Ug‘ur Ta’lim Jamg‘armasi tomonidan Bahçeşehir universitetining tashkil etilishiga ruxsat berdi. Koʻp oʻtmay (1998-yilning fevral oyida) Kaliforniya shtatidagi San-Diego Davlat Universiteti bilan akademik va strategik shartnoma imzoladi. 1999-2000-oʻquv yilida 1-bosqich imtihonidan soʻng birinchi talabalar qabul qilindi. Universitet Turkiyadagi ingliz tilida ta’lim beradigan oʻquv yurtlaridan biri va shuning uchun hujjat topshirayotgan talabalar ingliz tilini yuqori darajada bilishi kerak.

   Universitet 11 ta fakultet, 1 ta til maktabi va 2 ta kasb-hunar maktabidan tarkib topgan[1].  Bahcheshehir Universitetida 1358 nafar akademik 25480 nafar talabaga ta’lim bermoqda. Shuningdek uning Istanbulda 6 ta kampusi bor. 1400 kvadrat metr hajmga ega universitet kutubxonasida 250000 nashr kitob va elektron kitoblar mavjud. 1200 kishilik sigʻimga ega konferensiya zali ham mavjud.

   Bahçeşehir Ug‘ur ta’lim tashkiloti Turkiya boʻylab 35 ta bolalar bogʻchasi, 18 ta boshlangʻich maktab, 47 ta oʻrta maktab va 117 ta maxsus ta’lim markazlariga ega.

Reytinglar va xalqaro e'tirof[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Turkiyaning eng yaxshi vaqf universitetlaridan biri hisoblanadi va Times Higher Education 2023 ma’lumotlariga koʻra Turkiyaning eng yaxshi 5 ta universitetlari qatoriga kirgan[2].

     Universitetning Turkiyadan tashqarida 7 ta kampusi bor. AQShda 2 ta (Vashington va Boston), Kanadada 1 ta (Toronto), Italiyada 1 ta (Rim), Germaniyada 1 ta (Berlin), Gruziyada 1 ta (Batumi) va Xitoyda 1 ta (Gonkong). Shuningdek universitet 193 dan ortiq xalqaro hamkorlarga ham ega. Hamkorlari orasida Garvard Universiteti kabi dunyoga mashhur universitetlar ham bor.

Akademik birliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultetlar

  • Huquq fakulteti
  • Iqtisodiyot, maʼmuriy va ijtimoiy fanlar fakulteti
  • Aloqa fakulteti
  • Arxitektura va dizayn fakulteti
  • Muhandislik va tabiiy fanlar fakulteti
  • Sogʻliqni saqlash fanlari fakulteti
  • Tibbiyot fakulteti
  • Stomatologiya fakulteti
  • Farmatsevtika fakulteti
  • Konservatoriya
  • Pedagogik fanlar fakulteti


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy sayt

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Arşivlenmiş kopya“. 23-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-oktyabr 2019-yil.
  2. „Arşivlenmiş kopya“. 6-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-mart.