Bagʻdod temir yoʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BAGʻDOD TEMIR YOʻLI - Bosfor boʻgʻozini Fors koʻrfazi bilan bogʻlaydigan temir yoʻl (uz. taxminan 2400 km)ning 20-asr boshlarida kengtarqalgan pomi. Turkiya, Suriya va Iroq qududidan oʻtadi. 1888 y.da dastlab Germaniyaning "Doyche bank"i Bosfordan Izmirgacha 1871 y.da qurilgan temir yoʻlni Anqaragacha uzaytirish boʻyicha koniyessiyani Turkiya hukumatidan sotib oldi. 1899 y.da tuzilgan Fransiya-Germaniya bitimiga binoan.

Fransiya yoʻl qurilishiga sherik boʻldi. 1903 y.da temir yoʻl qurilishini davom ettirish konsessiyaning Turkiya tomonidan Germaniyaga berilishi yirik davlatlar urtasida ziddiyatlarning kuchayi-shiga sabab boʻlgan. Angliya-Germaniya bitimiga (1914) muvofiq, Germaniya Bagdoddan jan.da Fors koʻrfazi yoʻnalishida temir yoʻl qurilishini Angliyaga berdi. Xususiy ingliz va fransuz kompaniyalari Bagʻdod temir yoʻli y.ning soʻnggi qismlarini tugallab, foydalanishga topshirdi (1934 — 41). Hozir Bagʻdod temir yoʻli y. kismlari Turkiya, Suriya va Iroqqa qaraydi. Texnika, transport va aloqa yoʻllarining ta-raqqiyoti tufayli Bagʻdod temir yoʻli y. oʻzining siyosiy-strategik ahamiyatini yoʻqrtdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil