Doyche bank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Doyche bank (Deutsche Bank), Hemis banki — GFRdagi aksiyadorlik banklar konserni, jahondagi eng yirik 10 bank katoriga kiradi. Bosh idorasi Frankfurt-Maynda joylashgan. 1870 y.da Berlinda tashkil etilgan, aksiyadorlik kapitali 15 mln. marka boʻlgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin 1947 y.da D.b. filiallari negizida Gʻarb mamlakatlari yordami bilan 10 mintakaviy voris banklar tashkil etilgan. 1957 y.da bu banklar yagona bank boʻlib birlashdi. Bank Germaniya va chet ellarda yuridik va jismoniy shaxslardan iborat mijozlariga universal banklarga xos jami xizmatlar koʻrsatadi (kreditlar berish, depozitlarni saqlash, qimmatli qogʻozlar savdosi, loyihalarni moliyalash, sugʻurtalash, maslahat xizmatlari va b.). 2494 boʻlimi, shu jumladan chet ellarda jahon moliya markazlarida ochilgan 803 boʻlimi bor. Shulardan 550 tasi Yevropa mamlakatlarida joylashgan. 286 ming aksiyador bank mulkdori hisoblanadi, ustav kapitalida xususiy shaxslar hissasi — 38% yoki 2,5 mlrd. nemis markasi (1970 y.da 640 mln. marka). Balans summasi 722 mlrd. marka, oʻz kapitali 39,9 mlrd. nemis markasi (1995). Balans miqdorining yarmidan kupi chet ellarda joylashtirilgan. D.b.ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Toshkent sh.da 1994 y. 2 fevral da ochilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil