Ayub Xon (general)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Muhammad Ayub Khan.JPG

Ayyubxon Muhammad (1907-1974) — Pokiston davlat va siyosat arbobi. Aligarxdagi (Hindiston) musulmonlar universitetini, soʻngra Sandxerstdagi (Angliya) Qirollik harbiy kollejini bitirgan. 1928-yildan harbiy xizmatda, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1951-yildan Pokiston armiyasi qoʻmondoni. 1954—55 y.larda Mudofaa vaziri, 1956—58 y.larda yana Pokiston armiyasi qoʻmondoni. A. 1958-yildagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi. 1960-yildan Pokiston Islom Respublikasining prezidenti. Hukmron "Musulmonlar ligasi" partiyasining raisi (1963-yildan). A. 1966-yil yanvarda Toshkentda olib borilgan Pokiston bilan Hindiston oʻrtasidagi muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlanishiga muhim hissa qoʻshdi (qarang Toshkent deklaratsiyasi (1966)). 1969-yil martda prezidentlik lavozimidan boʻshab, oʻz vakolatlarini armiya qoʻmondoni general Yahyoxonga topshirgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil