Ayozkoʻl
Qiyofa
Ayozkoʻl – Sulton Uvays togʻlarining sharqiy etagidagi koʻl. Ayoz qal’a balandligi (170 m) va Koʻkcha balandligi (169 m) oraligʻida. Mutlaq balandligi 91 m. Toʻrtkoʻl va Ellikqal’a tumanlaridan qaytgan zovur suvlari hisobiga 80-yillarning boshlarida vujudga kelgan. Uzunligi 20–25 km, eni 4 km, oʻrtacha chuqurligi 1,5–2 m. Qirgʻoqlari va koʻlning bir qismi qamishzorlar bilan band. Suvi tiniq, minerallashuv darajasi 1 l suvda oʻrtacha 10–12 g va undan ortiq. Baliqchilikda foydalaniladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ayozkoʻl“,
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 1-jild (A — Beshbaliq). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000 — 736-bet.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oʻzbekiston geografiyasi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |