Axura Mazda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Axura Mazda (oʻngda). m.av. III asr

Axura Mazda (Hurmuzd) – juda qadim zamonlarda tasavvur etilgan ezgulik xudosi. Axura Mazda yorugʻlik, obodonlik, salomatlik, tinchlik, farovonlik kabi barcha ezguliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi, deb tushunilgan. Unga qarshi zulmat-qorongʻulik, ochlik, vabo, ayoz, jang, zaharli jonivorlar kabi barcha yovuzliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi An-xramaynu (keyinchalik oʻzgargan shakli Ahriman) boʻlib, doimo Axura Mazda bilan kurashadi. Kurash Axura Mazdaning gʻalabasi bilan tugaydi. Bu dualistik qarash zardushtiylik taʼlimotining asosi Avesto uchun zamin boʻlgan. Uning keyingi davrlarda yozilgan sahifalarida Axura Mazda yakka xudo darajasiga koʻtarilib, tavhid taʼlimotining asosi ni tashkil etgan. Turon va Eron xalqlarining qadimgi epik asarlarida Hurmuzd – ezgulik uchun kurashuvchi, Ahriman – yovuz timsol tarzida tasvirlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.