Munozara:Axura Mazda

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ahura Mazda — asl avestoyi shakli «Ahura Mazdoh». Haqiqat (Asha) va ezgulik olamining yaratguvchisi. Olamda neki pok, neki ezgu uning nomi bilan bog‘lanadi. Mazdaparastlik dini ilohi. Qadimiy manbalarda bu nom «Ahura Mazd», «Hurmazd», «Urzamd», «Ahuroyi Mazd», «Hurmuz» shakllarida qo‘llanilgan. «Avesto» matnlarida bu nom uch xil holatda ishlatilgan: «Ahura», «Mazda», «Ahura-Mazda». «Ahura Mazda» nomi ikki juz’dan iborat: «Ahura» va «Mazda» («Mazdoh»). «Ahura» sanskrit tilidagi «Osura», qadimgi hind asotirlaridagi bir guruh devlar unvonini ifodalaydi. Sharq asotirlariga kengroq yoyilgan bu nom olamlarni yaratgan iloh ma’nosida qo‘llanilgan. Hindlarning qadimgi asotiri bo‘lgan «Pirajopatiy»da «borliqning yaratguvchisi» ma’nosini ifodalagan Ahura Xudolar otasi ibtidoda yolg‘iz bo‘lgan Ahura, hindlar istilohi bilan aytganda «brahmana», «diva» va «asura»larni yaratilgan. «Diva», ya’ni xudolar uning damidan, «asura»lar — devlar uning bodidan paydo bo‘lgan. «Avesto»da Ahura buyuklik va haqqoniyat timsoli. U xudolar va odamlar orasida faqat ezgulik, adolat, mardlik va poklik himoyachisi. Pahlaviy tiliga o‘zlashgach «xudoyi» shaklini olgan Ahura, bora-bora «xudoyi» so‘ziga aylandi. «Mazda» — hushyor, dono, ogoh kabi ma’nolarni ifodalaydi. Pahlaviy tiliga o‘zlashgach, «danak», so‘ngra «dono» tusini olgan. Sankrit tilidagi «Mizos» ham ayni shu ma’noga ega. Xulosa qilib aytganda «Ahura Mazda» — «Dono rahnamo, yo‘lboshchi», «Oqil Yaratguvchi» ma’nolarini o‘zida ifoda etadi. Amonov Mirjon Namozovich (munozara) 07:47, 20-Sentabr 2022 (UTC)