Pistolet-pulemyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Pistolet-pulemyot Sudaeva

Pistolet-pulemyot — avtomatik individual oʻq otar qurol. Dushmanning 300 m gacha masofadagi kuchlarini ni-shonga olishga moʻljallangan. Asosan, piyoda qoʻshinlarda qoʻllanadi. Birinchi P.-p. 1-jahon urushi (1914—18)da yuzaga kelgan. 20-asrning 40-yillari oxiridan 1000 m gacha masofadagi nishonni shikastlantira oladigan M.T. Kalashnikov P.-p.i qoʻllana boshlagan.

Bu P.-p. maxsus almashtirgich yordamida bittadan yoki toʻxtovsiz oʻt ochish im-koniyatiga ega. Magaziniga 20 dan 71 tagacha patron sigʻadi. Tezotarligi 1 min.da 80 dan 140 ta oʻqqacha. Koʻp mamlakatlarning armiyasida qoʻllanadi (ya na q. Avtomat qurol).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil