Avstriya — Malayziya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avstriya — Malayziya munosabatlari

Avstriya

Malayziya

Avstriya va Malayziya oʻrtasida ikki tomonlama tashqi aloqalar mavjud. Avstriyaning Kuala-Lumpurda elchixonasi, Penang va Tavau shaharlarida 2 ta konsulligi bor[1] hamda Malayziyaning Vena shahrida elchixonasi bor[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mustamlaka davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar tarixi 1866-yilda Avstriya imperiyasi davrida, imperator Frans Iosif Penangda imperator-qirollik faxriy konsulligi ochilishini maʼqullagan paytda sodir boʻlgan[3]. Biroq, 1914-yil avgust oyida Buyuk Britaniya Avstriya-Vengriya imperiyasiga qarshi urush eʼlon qildi. Shundan soʻng Avstriya konsulligi yopildi va Avstriyaning Penangdagi oxirgi konsuli Buyuk Britaniya maʼmuriyati tomonidan hibsga olinib, Avstraliyaga deportatsiya qilindi.

Avstriya-Germaniyaning Gonkongdagi konsuli Baron fon Overbek Gonkongdagi amerikalik savdogar Jozef William Torrey tomonidan Borneoning shimoli-gʻarbiy sohilidagi hududni boshqarishga nomzod sifatida koʻrsatildi[4][5]. Keyin Fon Overbek Bruney Temenggong tomonidan berilgan imtiyozni va 1878-yil 22-yanvarda Sulu sultonligidan shunga o‘xshash kelishuvni yangilash uchun Bruneyga jo‘nab ketdi. Overbek keyinchalik 1879-yilda provinsiyani boshqarish uchun Alfred Dentni tanladi.

Hozirgi munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avstriya birinchi rasmiy diplomatik munosabatlarni 1962-yil 6-avgustda oʻrnatdi. 1967-yilda Avstriya Kuala-Lumpurda oʻzining Faxriy konsulligini taʼsis etdi va 1973-1974-yillarda Kuala-Lumpurda Avstriya elchixonasi, Vena shahrida Malayziya elchixonasi ochildi[6].

Iqtisodiy munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yilda Malayziya va Singapur Avstriyaning asosiy savdo sherigi boʻlib, Malayziya Avstriyaning Janubi- Sharqiy Osiyodagi eng muhim hamkoriga aylangan[7]. Avstriyaning Malayziyadagi asosiy sarmoyasi asosan energetika va tabiiy resurslar sektorlariga toʻgʻri keladi. 2009-yilda moliyaviy inqiroz savdo aloqalariga taʼsir koʻrsatdi, savdo ishlari 30 foizga qisqargan. Ammo keyinchalik Avstriya Prezidenti Haynts Fisherning 2011-yildagi tashrifidan keyin yaxshilandi. 1976-yildan buyon ikki davlat oʻrtasida bir qancha shartnomalar imzolangan[8].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Austrian Embassy Kuala Lumpur“. The Austrian Foreign Ministry. 2016-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-may.
  2. „Official Website of Embassy of Malaysia, Vienna“. Ministry of Foreign Affairs, Malaysia. Qaraldi: 2014-yil 24-may.
  3. „Austria-Malaysia (Bilateral Relations)“. The Austrian Foreign Ministry. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-may.
  4. Rozan Yunos. „How Brunei lost its northern province“. The Brunei Times (2008-yil 21-sentyabr). 2014-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-may.
  5. Rozan Yunos. „Sabah and the Sulu claims“. The Brunei Times (2013-yil 7-mart). 2014-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-may.
  6. „Our History“. Ministry of Foreign Affairs, Malaysia. Qaraldi: 2014-yil 24-may.
  7. Reinhart Zimmermann. „Österreichs Wirtschaftsbeziehungen in Südostasien (Austrian Economic Relations to South-East Asia)“ (de) 80. Society for South-East Asian Studies (2008). 2014-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-may.
  8. „Bilaterale Staatsverträge (Österreich - Malaysia)“ (de). The Austrian Foreign Ministry. Qaraldi: 2014-yil 24-may.