Heinz Fischer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fisher Xayns (1938.9.10, Grats) - Avstriya davlat arbobi, yuridik va siyosiy fanlar doktori. Vena universitetini tugatgan. 1961-yildan Avstriya sud organlarida ishlagan. 1963 yildan Avstriya sotsial-demokratik partiyasi (ASP) parlament klubi kotibi, 1975-yildan boshqaruvchisi (ayni vaqtda 1979 yildan ASP raisi oʻrinbosari), 1983-yildan Avstriya fan va tadqiqotlar federal vaziri, 1987-yildan ASP parlament klubi rahbari, 1990 yildan Milliy kengash (parlamentning quyi palatasi) ishlarini boshqarish boʻyicha qoʻmita rahbari, ASPning tashqi siyosat masalalari boʻyicha muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi, 1992-yildan Yevropa sotsial-demokratik partiyasi raisi oʻrinbosari, 19921999 yillarda Yevropa demokratiya va birdamlik forumi raisi, Avstriya Milliy kentashi raisi (1990—2002), oʻrinbosari (2002-2004). 2004-yil 25-apreldan 2016-yil 8-iyulgacha - Avstriya Respublikasi Federal prezidenti[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]