Avazjon Marahimov
| Avazjon Marahimov | |
|---|---|
|
| |
| Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri | |
|
Mansab davri 2010-yildan – 2011-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Gʻayrat Shoumarov |
| Vorisi | Temur Shirinov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1960-yil 9-oktyabr Uchkoʻprik tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi |
|
| Siyosiy partiyasi |
|
| Taʼlim | Toshkent politexnika instituti |
| Kasbi | muhandis-matematik |
| Ilmiy unvoni | professor |
Avazjon Rahimovich Marahimov (1960-yil, 9-oktyabr, Uchkoʻprik tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avazjon Marahimov 1960-yil 9-oktyabr Uchkoʻprik tumanida tugʻilgan[1]. 1983-yilda Toshkent politexnika instituti amaliy matematika fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-matematik. 1984—1988-yillarda Toshkent politexnika instituti ilmiy xodimi, muhandis, katta muhandis, 1988—2001-yillarda institutning avtomatika va telemexanika kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti, 2001—2002-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti tarmoq texnologiyalari kafedrasi mudiri, 2002—2004-yillarda Informatsion texnologiyalar bo‘yicha prorektor, 2004—2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi informatsion texnologiyalar va masofaviy o‘qitishni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, 2006—2010-yillarda vazir o‘rinbosari, 2010-—2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vaziri[2][3], 2012—2016-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti Boshqarishda axborot texnologiyalari kafedrasi professori[4], 2016—2021-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori[2] lavozimida faoliyat yuritgan[1]. 2021-yildan Termiz davlat universiteti rektori[5][6]. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali. 5 nafar farzandi bor[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avazjon Marahimovning ilmiy ishlari axborot texnologiyalari va boshqarishning intellektual tizimlari sohasiga oid boʻlib, 120 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 5 ta monografiya va 3 ta o‘quv qo‘llanma muallifi. Xalon texnologiya universiteti (Isroil)[7] va Soka universiteti (Yaponiya) faxriy professori, Yevroosiyo universitetlari rektorlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- 1 2 „Milliy universitet rektori o‘zgardi“ (2016-yil 19-oktyabr).
- ↑ „МНО возглавил Авазжон Марахимов“ (2010-yil 2-mart).
- ↑ „O‘zbekiston Milliy universitetida keyingi 2 yil davomida uchinchi marta rektor o‘zgardi“ (2016-yil 18-oktyabr).
- ↑ „Назначены глава Минвуза и ректоры трех вузов“ (2021-yil 14-yanvar).
- ↑ „Prezident farmoni: Abduqodir Toshqulov — vazir, uchta OTMda rektor almashdi“ (2021-yil 14-yanvar).
- ↑ „ПРАЗДНИК УЗБЕКСКОЙ НАУКИ В ИЗРАИЛЕ“ (2019-yil 5-iyul).
- 9-oktyabrda tugʻilganlar
- 1960-yilda tugʻilganlar
- Uchkoʻprik tumanida tugʻilganlar
- Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston olimlari
- Texnika fanlari doktorlari
- Professorlar
- Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari
- Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari
- Oʻzbekiston vazirlari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar