Asparux

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Asparux (Isperix, Ispor, Aspi-rek) (? – 701) – qadimgi turkiyzabon bulg‘orlar xoni (643 – 701), ilk sla-vyan-bolgar davlati (6811018) asoschisi. A. bulg‘or qabilalari ittifoqi yo‘lboshchisi Kubratxon (Qorotxon)ning uchinchi o‘g‘li bo‘lgan. A. ko‘chmanchi bulg‘orlarning bir qismi bilan Azov bo‘yidan xazarlar tazyiqi ostida Bes-sarabiyaga, so‘ngra Dunayning Vizantiyaga qarashli ung sohilidagi yerlarga o‘tgan. 679 yil Meziya viloyatiga ko‘chgan, mahalliy slavyanlar ustidan g‘alaba qozongan, Do-bruja va uning atrofidagi yerlarga yoyilib, hozirgi Shimoliy Bolgariyadagi yetti slavyan qabila ittifoqini va boshqa ayrim qabilalarni bo‘ysundirib Vizantiya tan olishga majbur bo‘lgan yagona, qudratli davlat barpo etgan (681) (qarang Birinchi Bulyur podsholigi).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Asparux" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil