Kontent qismiga oʻtish

Aslanbek Dzitiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aslanbek Dzitiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 27-avgust 1982-yil (1982-08-27) (41 yosh)
Vladikavkaz, RSFSR, SSSR
Sport
Qaysi sport Taekvondo

Aslanbek Yevdokimovich Dzitiyev (1982-yil, 27-avgust; Vladikavkaz) – rossiyalik taekvondochi, 67 va 68 kilogrammgacha vazn toifalarida musobaqalarda ishtirok etadi. Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aslanbek Dzitiyev 1982-yil 27-avgustda tugʻilgan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yilda yoshlar oʻrtasudagi musobaqada ishtirok etgan. Nikosiyada oʻtkazilgan Yevropa chempionatida 68 kilogramm vazn toifasida chempion chempionlikni qoʻlga kiritgan. Xuddi shu yili kattalar oʻrtasidagi musobaqada ham ishtirok etgan. Aslanbek Edmontonda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida (67 kggacha vazn toifasida) va Stokgolmda boʻlib oʻtgan 2000-yilgi olimpiada oʻyinlariga saralash turnirida qatnashgan. Shvetsiyadagi, usobaqada Dzitiyev ikkinchi oʻrinni egallagan[1].

2000-yilda Aslanbek Xitoy Respublikasining Kaohsiung shahrida universitetlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Patradagi Yevropa chempionatida qatnashgan. Sidneyda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun Rossiya terma jamoasi safiga qoʻshilgan. Birinchi davrada liviyalik Nizar Mohamed Nailini magʻlub etgan. Ammo keyin koreyalik Shin Jun Sikga 1:9 hisobida magʻlub boʻlgan. Koreyalik sportchi esa finala qadar yetib borgan. Oʻtish bosqichida Dzitiyev kelib chiqishii turkiyalik boʻlgan, Avstriya nomidan musobaqalarda ishtirok etgan Tuncay Çalışkanga yutqazib, bronza medali uchun kurashish imkonidan mahrum boʻlgan[1].

Dzitiyev Niderlandiyaning Woensdrecht shahrida boʻlib oʻtgan harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Bir yildan keyin AQShda oʻtkazilgan harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham qatnashgan. Ammo bu safar sovrindorlar qatoriga kira olmagan[1].

2003-yilda Degudagi universiadada ishtirok etgan. Chorak finalda ispaniyalik Aris Itxisoaga yutqazgan. va Garmisch-Partenkirchendagi jahon chempionatining birinchi davra bahslarida Yosvani Peresga magʻlub boʻlgan[1].

Sportdagi faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Paralimpiyachilarga murabbiylik qiladi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „DZITIEV, Aslanbek“ (en). TaekwondoData. 2023-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  2. „Асланбек Дзитиев“ (ru). Iryston Tv. 2022-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.