Arthur Schopenhauer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arthur Schopenhauer
Tavalludi 22-fevral 1788-yil, Danzig
Vafoti 21-sentyabr 1860-yil(1860-09-21)
(72 yoshda)
Fuqaroligi Prussiya qirolligi
Olgan taʼsirlari Aflotun, Kant, Goethe
Otasi Heinrich Floris Schopenhauer
Onasi Johanna Schopenhauer

Arthur Schopenhauer (kir. Артур Шопенгауэр; 22 fevral, 178821 sentabr, 1860) olmon faylasufi boʻlgan. Falsafiy pessimizm asoschisi hisoblanadi. Gyottingen universitetida tabiatshunoslik va falsafani oʻrgangan. Berlin universitetida privatdotsent (1820—31). Schopenhauer oʻzini Gaitning shogirdi, izdoshi hisoblagan. Ayni paytda falsafiy qarashlari noratsional tafakkur tarziga moyil. Schopenhauer nazdida olam ixtiyor va tasavvur sifatida namoyon boʻladi. Ixtiyor — mutlaq ibtido, butun mavjudlikning asosi, narsa oʻzida; tasavvur — voqelik, his etish, tafakkur, hayolot, nihoyat, butun olamning oʻzi; uni subʼyekt hissiy aʼzolari va ongi bilan koʻz oʻngida gavdalantirishi mumkin. "Olam — mening tasavvurim", deydi u; inson koʻz ochishi bilan duch kelgan hidlaru ranglarga, tovushlaru sukunatga, issigʻu sovuqqa toʻla olam faqat tasavvurdan iborat. Ixtiyor tasavvurga oʻxshamaydi, u sirli, hali kashf etilmagan, ehtimol, umuman kashf etib boʻlmaydigan narsa. U makon va zamonda yashaydigan mavjudotlarning paydo boʻlishini taʼminlaydigan kuch, lekin oʻzi makon va zamonga boʻysunmaydi. Inson eng avvalo, ixtiyor etguvchi, istaguvchi, hirs qoʻyguvchi va shundan keyingina bilguvchi, fikrlovchi mavjudot. Insonning yashashga boʻlgan ixtiyori, istagi gʻoyatda kuchli, u yashash istagida yangidanyangi ixtiyor iskanjasiga tushaveradi. Ixtiyor changalidan qutulish uchun odam barcha xohishistaklardan yuz oʻgirmogʻi kerak. Shunda u haqiqiy xotirjamlikka, istaksiz umrga erishadi. Buni Schopenhauer budda dini bilan bogʻliq holda izohlaydi. Bu dinning baʼzi gʻoyalarini Schopenhauer Gʻarb uchun boʻlajak model sifatida olib qaraydi. Chunonchi nirvanaga yetishish gʻoyasiga ixtiyor va tasavvurlar nuqtai nazaridan yondashadi. Schopenhauer olamni Budda kabi roʻyo deb biladi. Schopenhauer fikricha, insondagi xudbinlikni ijtimoiy tuzilmalarning oʻzi yenga olmaydi, bu illatdan sanʼat yordamida qutulish mumkin. Schopenhauer shafqat hissini axloqning asosi deb biladi. Schopenhauer gʻoyalari 20-asr falsafasidagi turli oqimlar — hayot falsafasi, psixoanaliz, intuitivizm va boshqalarga asos boʻldi. Asosiy asarlari: "Olam — ixtiyor va tasavvur sifatida" (1819—44), "Axloqshunoslikning ikki asosiy muammosi" (1837—39), "Hayot maktabining hikmatlari" (1851).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]