Kontent qismiga oʻtish

Ibtido

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibtido

2021-yilgi nashr jildi
Asl nomi The Origin
Muallif(lar) Dan Brown
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Janr(lar)i detektiv, triller
Nashr etilgan sanasi 2017-yil 3-oktabr
Nashriyot
  • Doubleday nashriyoti AQSH bayrogʻi AQSh
*Asaxiy book nashriyoti Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2021-yil
Sahifalar soni 700 bet
ISBN ISBN 978-9943-23-179-5
Avvalgisi Inferno

Ibtido (The Origin) — amerikalik yozuvchi Dan Brownning detektiv romani[1]. Robert Lengdon haqidagi kitoblar seriyasining beshinchi qismi. Kitob Doubleday nashriyoti tomonidan 2017-yil 3-oktabrda chop etilgan[2]. Oʻzbek tilida 2021-yilda tarjima qilinib nashr etildi[3]. Bilbao, Ispaniya. Robert Langdon Garvard universitetining diniy simbologiya professori. Bilbaodagi ultra-zamonaviy Guggenxaym Guggenheim muzeyi (Bilbao) muzeyiga muhim anjumanda ishtirok etish uchun keladi — bu „ilm-fan qiyofasini abadiy oʻzgartiradigan“ kashfiyot edi. Edmond Kirsh, qirq yoshli milliarder va futurolog, yuqori texnologiyali ixtirolari va dadil bashoratlari uni dunyoga mashhur shaxsga aylantirgan, insoniyat mavjudligining ikkita asosiy savoliga javob beradigan hayratlanarli yutuqni ochmoqchi: „Biz qayerdan keldik?“ va „Qayerga ketyapmiz?“  Edmond Kirsh bundan yigirma yil avval Garvard universitetida Langdonning birinchi talabalaridan biri edi.

40 yoshli futurist milliarder olim, Uinston nomli sun'iy intellekt muallifi Edmond Kirsh dunyodagi 3 ta keng qamrovli din – islom, xristian, yahudiylarning ko'zga ko'ringan vakillari bilan ko'rishib, o'zining yaqinda qilgan kashfiyotining taqdimoti dunyo aholisini dinlardan yuz o'girishga sabab bo'lishini aytadi. Taqdimotdan avval esa ravvin Kevish va imom Al-Fadl shubhali ravishda o'ldiriladi. Taqdimot esa Guggenhaym muzeyida o'tkazilishi rejalashtiriladi. Edmond Kirsh ushbu konferensiya uchun juda ko'p mehnat qiladi. Konferensiya nutqi jarayonida iste'fodagi admiral Lui Avila tomonidan otib o'ldiriladi. Bu voqea juda ko'p shov-shuvga sabab bo'ladi. Muzey direktori Ambra Vidal va Edmondning ustozi semiotika böyicha professor Robert Lengdon sun'iy intellekt Uinston yordamida qotilni topishga harakat qilishadi.

Ushbu romanda insoniyat ibtidosi, hoziri va kelajagi haqida mulohaza yuritilib, san'at, fan, arxitektura borasida ham juda ko'p ma'lumotlar berilgan[4]. Shuningdek, ispaniya qirollik oilasi ichki muhiti, shahzoda Julian va Ambraning munosabatlariga ham alohida urg'u berilgan.

  • Robert Langdon : Garvard universitetining semiotika boʻyicha amerikalik professori
  • Edmond Kirsh: Lengdonning doʻsti va sobiq talabasi, 40 yoshli milliarder va futurist
  • Ambra Vidal: Bilbaodagi Guggenxaym muzeyi direktori
  • Uinston: Edmond Kirshning yordamchisi.Uinston Cherchill nomi bilan atalgan.
  • Julian: Shahzoda. Ispaniyaning kelajakdagi qiroli.
  • Yepiskop Antonio Valdespino: ispan ruhoniysi va qirollik oilasining doʻsti, Kirsh bilan roman boshida uchrashadi.
  • Ravvin Yehuda Kevish: mashhur yahudiy faylasufi. Nomaʼlum qotil tomonidan oʻldirilgan.
  • Alloma Said al-Fadl: mashhur islom olimi.
  • Admiral Luis Avila: Ispaniya dengiz flotining sobiq admirali, diniy hujumda xotini va oʻgʻlini yoʻqotgan va keyinchalik Palmariya katolik cherkovining dindor aʼzosi boʻlgan. Avila uning oilasini oʻldirgan bombani dinga qarshi boʻlgan Kirsh tarafdori oʻrnatganiga ishonadi.
  • Diego Garza: Qirollik gvardiyasi qoʻmondoni.
  • Fonseca: Qirollik gvardiyasining agenti.
  • Rafa Diaz: Qirollik gvardiyasining agenti va Fonsecaning sherigi.
  • Benja ota: Sagrada Familia sobori ruhoniysi.
  • Monika Martin: Jamoatchilik bilan aloqalar koordinatori.
  • Suresh Bhalla: Elektron xavfsizlik markazi agenti.

Chop etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil avgust oyida kitob The New York Times bestsellerlari roʻyxatida 1-oʻrinni egalladi. U 23 hafta davomida roʻyxatda birinchi oʻrinda turdi.[5][6]

Brown kitobda tasvirlangan koʻplab joylarga tashrif buyurdi. U asosan Ispaniyada koʻp vaqt oʻtkazdi.

Brown kitobni toʻrt yil davomida yozgan va tadqiq qilgan. Adib romanni 2017-yilda vafot etgan onasiga bagʻishlanganini aytadi. Asar 42 tilda va 2 million nusxada chop etilgan.